ⓘ Vitvatersrand - dunyodagi eng yirik oltin-uranli havza. JAR hududida joylashgan. 1884 -y.da ochilgan. 1886 y.dan ekspluatatsiya qilina boshlagan. 1952 y.dan yol ..

                                     

ⓘ Vitvatersrand

Vitvatersrand - dunyodagi eng yirik oltin-uranli havza. JAR hududida joylashgan. 1884 -y.da ochilgan. 1886 y.dan ekspluatatsiya qilina boshlagan. 1952 y.dan yol-yolakay uran olinmoqda. 1980 y.gacha kondan 36 ming t oltin olingan. Bu esa iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda olingan oltinning qariyb 1/3 qismini tashkil etdi. Oltinning umumiy zaxirasi 15.5 dan 18.7 ming t gacha, tovar rudasidagi ortacha miqdori 9.3 g/t. 10 ta gorizontdan 4000 m gacha chuqurliqdan oltin olinadi. Ruda qazib olishning yirik markazlari: Yoxannesburg, Klerksdorp, Odendalsryus, Belkom. Shaxtalarda t-ra 50° dan yuqori. U3Og ning umumiy zaxirasi 128 ming t, ruda tarkibidagi ortacha miqdori 0.02 - 0.05%. 1970-y.lar 2-yarmida har yili 3.2 dan 5.5 ming t gacha uran olingan. 1970 y.da eng kop oltin olingan. Keyingi yillarda olingan oltinning miqdori asta-sekin kamaya bordi. Yol-yolakay pirit, osmiyli iridiy guruhi minerallari, platinali metallar va kumush olinadi. Rudalanish asosan quyi proterozoy davri Vitvatersrand sistemasida joylashgan. Rudali konglomeratlardagi ruda jinslari rudasiz kvarsit qatlamlari bilan birga uchraydi. Konglomeratlar riflar hosil qilgan, ularning sanoatbop xillari banket deb ataladi. Alohida konglomerat qatlamlarining qalinligi 2 - 3 sm dan 3 m gacha, uz. 3 - 4 km gacha. Rudali maydonda 3 yarus jinslari ishtirok etgan. Quyi yarus arxey davri gneys va kristalli slaneslardan, orta yarus kechki tokembriy slanes, kvarsit, konglomerat va vulkan jinslaridan va yuqori yarus paleozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan. V. hosil bolishi munozarali. Bir guruh olimlar V. qad. daryo deltalari sochmalari bolib keyinchalik metamorflashgan desalar, boshqalar gidrotermal ja-rayoni ishtirok etgan deb hisoblaydilar.