ⓘ Vitraj - rangli oyna parchalaridan terib yoki yoruglik otkazadigan boshqa materiallardan foydalanib, deraza, eshiklarga har xil ranglarda naqsh, tasvir ishlash ..

                                     

ⓘ Vitraj

Vitraj - rangli oyna parchalaridan terib yoki yoruglik otkazadigan boshqa materiallardan foydalanib, deraza, eshiklarga har xil ranglarda naqsh, tasvir ishlash sanati; shuningdek deraza, tosiqlar ornidagi shisha namoyon. Deraza ornidagi rangli V. nurlar jilvasini hosil qiladi, intererning ifoda tasirini orttiradi. Dastlabki sodda V. namunalari Qad. Misr va Rim da topilgan. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalarda, gotika soborlarida V. keng qollanilgan, boyalgan shishalardan otayotgan nur bino ichini jozibador korsatgan. Keyinchalik rangsiz yoki rangli shishalarga silikat boyoqlarda rangtasvir asarlari ishlash texnikasi qollanilgan. 20-asrga kelib V. ishlash mahorati oshdi, V. uchun shishalar maxsus usulda ishlana boshlandi. Keyingi yillarda shisha yoki plastmassa, sement va temir-beton bilan mustahkamlanadigan usuli keng tarqalib, V.ning imkoniyat doirasi kengaydi. Ozbekistonda V. 20-asr 60-y.laridan rivojlandi, qator mahobatli asarlar yaratildi. "Zarafshon" restorani, "Ozbekistan" mehmonxonasi, Temuriylar davlati tarixi muzeyi V.lari shular jumlasidan.