ⓘ Talim - bilim berish, malaka va konikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida malumot olinadi va t ..

Forum.uz

Ilk bora, Ozbekiston Respublikasining Umid yoshlar fondi orqali xorijda talim olgan yoshlar tarafidan tuzilgan. Asoschisi MegaZ "Mega Zi" nickini olgan Nasim Mansurovdir. Hozirda Arbuz.com domeniga kochgan.

                                     

ⓘ Talim

Talim - bilim berish, malaka va konikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida malumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. T. tor manoda oqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oquv yurtlarida oqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda malumot berish jarayonini ham bildiradi.

T.ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy malumotga bolgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, T. haqidagi pedagogik goyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida T.ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari ozgarib borgan qarang Pedagogika.

T. mohiyatetibori bilan dare berish jarayonini, yani pedagog oqituvchi faoliyatini, umuman oquvchining bilish, organish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yani oquvchi faoliyatini bildiradi. T. jarayoni talim beruvchi - oqituvchi va talim olayotgan oquvchilar faoliyatining yigindisidan iborat. T. va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati osadi. T. avlodlar ortasidagi manaviy vorislikni taminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga T. orqali otadi.

T. haqida turli nazariyalar mavjud. Bazi nazariyalar T.ni jamiyatning ijtimoiyiqtisodiy tuzilishiga bogliq bolmagan hodisa sifatida baholasalar qarang Pedotsentrizm, bazisi T.ning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir azosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini takidlaydi.

T.ning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda ozgarib borgani kabi, T.ning xarakteri, yonalishi ham uning maqsadiga muvofiq ozgarib boradi. T. dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. T. bilish krbiliyatlari, qistuygular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.

T. jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish - jamiyatning moddiytexnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.

T. oquvchining bilish qobiliyatini ostiruvchi asosiy omildir. Oquvchilar qobiliyatini ostirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boladi. Didaktik tamoyillarda T.ning mazmuni va jarayonlariga qoyilgan talablar belgilanadi qarang Didaktika. T.ning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek muayyan oquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan ozgarib boradi. OzRning 1997 y. 29 avg.da qabul qilingan "Talim togrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi T. tizimining barcha yonalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. 1996 yildan boshlab lotin imlosiga asoslangan yangi ozbek alifbosi joriy etildi va shu yildan boshlab yangi yozuv asosida dasturlar, qollanmalar va darsliklar yaratishga kirishildi, oqituvchilar lotin imlosi asosidagi yangi ozbek alifbosi boyicha qayta tayyorlash kurslaridan otkazildi. Xalqtalimi bolimlari qoshida bolalarni maktab talimiga tayyorgarligini belgilaydigan "Tashhis markazlari" tashkil etildi. Oquvchilarning bilim va konikmalarini reyting asosida nazorat qilish, maktab bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyasini kompyuter yordamida test orqali amalga oshirish, T. amaliyotini diagnostik taxdil etish, T. muassasalarida marketing tizimidan foydalanish kabi qator pedagogik yangiliklar joriy etildi qarang Talimning milliy modeli.

T. mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shartsharoit, fan va texnika, sanat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi. Kasbhunar kollejlari, orta maxsus va oliy oquv yurtlaridagi T.ning mazmuniga umumiy malumotdan tashqari muayyan kasb va mutaxassislik uchun zarur bolgan maxsus bilim, malaka va konikmalar ham kiradi. T. mazmuni oquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi. T.da qoyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar dan foydalaniladi. Oquv jarayonida texnik vositalar ni keng qollash T. metodini ishlab chiqishga katta tasir korsatadi.

T.ni tashkil etishning umumiy talim, alohida individual talim, tashkiliy talim, sinfdars talimi, kurs tizimi talimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq T. tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, T.ning keng umumiy malumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari - radio, televideniye, kino, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda.

Komiljon Hoshimov.