ⓘ Bozor konyunkturasi - muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan harakterlanadi. Shunga kora Bozor konyunkturasi ij ..

                                     

ⓘ Bozor konyunkturasi

Bozor konyunkturasi - muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan harakterlanadi. Shunga kora Bozor konyunkturasi ijobiy va salbiy, qulay yoki noqulay bolishi mumkin. Bozor konyunkturasi talabning oshishi bilan harakterlansa, sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarini qimmatga sotib, ortiqcha daromad kuradi. Agar bozorda taklif oshib ketsa, konyunktura haridor uchun qulay boladi - tovarni arzonga olib, naf koradi.

Bozor konyunkturasi ni organishda tahlil etiladigan asosiy masalalar: ishlab chiqarish, talab va taklif; tovar va uni sotish; xalqaro savdo; narxlar holatlari; 1 - 1.5 yil uchun oldindan ayrim taxminlar. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarish miqyosiga va sotib oluvchilarning harid qobiliyatiga, narxnavoga, modaning ozgarishiga qarab har xil boladi. Bozornknt kelajakdagi holatini - tovarlar taklifini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qoshimcha resurslar va ularning qaytim berish muddatlari, tovar zaxiralari osishi, eksport va import, shuningdek narxnavodagi ozgarishlar yonalishiga qarab aniqlash mumkin, ikkinchi tomondan, investitsiya summasi va tarkibiga. korxona, tashkilotlar pul sarfining yonalishiga qarab, shuningdek aholi harid qobiliyatini, uning tovarlar bilan taminlanishi darajasini hisobga olib tovarlar talabi organiladi. Bozor konyunkturasi ni organish marketingning zaruriy shartlaridan biridir. Buning uchun dastlab organilishi lozim bolgan obyekt aniqlanib, konyunktura malumotlarini beruvchi manbalar va asosiy korsatkichlar bilan tanishib chiqiladi, toplangan malumotlarga tayanib Bozor konyunkturasi ning haqiqiy holati aniqlanadi va istiqbollar belgilanadi.

Bozor konyunkturasi taxminlari millim, mintaqaviy va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga nisbatan aniklanadi. Bozor konyunkturasi ni oldindan kora bilish iqtisodiy tanglikka yoliqmaslik, bozor muvozanatiga erishish sharti hisoblanadi.

Ahmadjon Olmasov.