ⓘ Bozor, jurnal. BOZOR, PUL VA KREDIT - Ozbekistondagi bank xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlarning ilmiyamaliy oylik jurnali. Toshkent shahrida 1996 yil senta ..

                                     

ⓘ Bozor (jurnal)

"BOZOR, PUL VA KREDIT" - Ozbekistondagi bank xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlarning ilmiyamaliy oylik jurnali. Toshkent shahrida 1996 yil sentabrdan ozbek va rus tillarida nashr etiladi. Muassislari: OzR Markaziy banki, "Ozagrosanoatqurilishbank", "Paxtabank", "Tadbirkorbank", "Ozsavdogarbank", OzR Xalq banki, "Ozaviabank", "Trastbank", "Gallabank", "Turon" banki, "Aloqabank", "Zamin" banki va boshqa Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, Ozbekiston pulkredit tizimining shakllanishi, tijorat banklarini boshqarish, investitsiya faoliyatini faollashtirish, bank xizmatlarining yangi shakllarini joriy etish, kreditlardan samarali foydalanish, shuningdek soliq, xususiylashtirish, kochmas mulk kabi iqtisodiy masalalarda turli sharhlar va xabarlar, maslahatlar hamda boshqa material lar beradi. Adadi rus va ozbek tilida 4300 nusxa.