ⓘ Boshqariladigan ballistik raketa - raketa dvigateli va avtomatik boshqarish tizimi bilan taminlangan uchuvchi apparat. Apparat raketaning jangovar qismi ni nish ..

                                     

ⓘ Boshqariladigan ballistik raketa

Boshqariladigan ballistik raketa - raketa dvigateli va avtomatik boshqarish tizimi bilan taminlangan uchuvchi apparat. Apparat raketaning jangovar qismi ni nishon turgan joyga yetkazib beradi. Jangovar qismining uchish trayektoriyasi boshqariladi. Boshqariladigan ballistik raketa r. 3 xil: taktik, operativtaktik va strategik xillarga bolinadi. Taktik Boshqariladigan ballistik raketa r.lar bir necha on km ga otiladi. Undan umumqoshin qismlari va qoshilmalari jangovar vazifalarini bajarishda foydalaniladi. Operativtaktik Boshqariladigan ballistik raketa r. bir necha yuz km ga otiladi. Bu xil raketalardan yirik qoshilmalar jangovar harakatlarida foydalaniladi. Strategik Boshqariladigan ballistik raketa r. ikki: ortacha uzoqlikka otiladigan va qitalararo turlarga bolinadi. Raketa dvigateli tipiga kora, Boshqariladigan ballistik raketa r.larning qattiq yoqilgi, suyuq yonilgi, yadro energiyasi bilan ishlaydigan xillari boladi. Boshqariladigan ballistik raketa r.lar yer yuzasi, yer ostiga qurilgan inshoot, kema, suv osti kemasidan uchirilishi mumkin. Shunga kura, Boshqariladigan ballistik raketa r.lar "erer", "erkema", "kemayer", "kemakema" sinfidagi raketalarga bolinadi. Boshqariladigan ballistik raketa r. tikka uchiriladi. Boshqariladigan ballistik raketa r. tegishli balandlikka kotarilgach, boshqaruvchi asboblar yordamida gorizontal harakatga otkaziladi. Dvigatel toxtagandan keyin raketa oz inersiyasi bilan artilleriya snaryadi kabi uchadi. Uchirilgan raketa 2 xil usulda - avtonom va aralash tizimda boshqarilishi mumkin. Avtonom tizim inersiyaga asoslangan bolib, radioaloqa ishlamay qolgandagina raketaning uchishini boshqaradi. Biroq bunda nishonga yetib borish aniqligi kamayadi. Uchish dasturi raketaning boshkarish tizimidagi asbobga oldindan ornatib qoyiladi. Raketa uchishiga doyr buyruq yerdagi boshqarish punktidan raketaning radio orqali boshqarish tizimiga yuboriladi. Radio orqali boshkarish tizimi raketa dvigateli toxtaguncha ishlaydi. Bu tizimdan foydalanilganda raketaning nishonga yetib borish aniql.iM ortadi. Boshqariladigan ballistik raketa r.ning jangovar qismida yadro yoki termoyadro quroli, bakteriologik qurol, kimyoviy va yondiruvchi moddalar bolishi mumkin. Boshqariladigan ballistik raketa rlar bir yoki kop bosqichli boladi. Har qaysi bosqichda dvigatel va boshkarish asboblari boladi. Birinchi bosqich boshqa bosqichlarga Karaganda ogirroq qilinadi. Birinchi bosqich raketani yerdan kotaradi, tezligini oshiradi, havoning zich qatlamlaridan otkazib beradi; yoqilgi tugagach, birinchi bosqich ajralib qoladi. Qolgan bosqichlar dvigatellari birinketin ishga tushib, raketaning tezligini oshirib boradi. Ikki bosqichli Boshqariladigan ballistik raketa r.ning tezligi sekundiga 7 km dan, uch boskdchliniki esa ikkinchi kosmik tezlik dan oshiqroq boladi.