ⓘ Buxoro zardoz aksiyadorlik jamiyati - ozbek milliy zardozi kiyim va buyumlar tayyorlovchi korxona. Buxorodagi zardozlik artellari asosida 1963 yilda Buxoro zard ..

                                     

ⓘ Buxoro Zardoz aksiyadorlik jamiyati

Buxoro "zardoz" aksiyadorlik jamiyati - ozbek milliy zardozi kiyim va buyumlar tayyorlovchi korxona. Buxorodagi zardozlik artellari asosida 1963 yilda Buxoro zardozlik fabrikasi nomi bilan tashkil qilingan. 1991 yildan hozirgi nomda. Yuksak san’at namunasi bolgan har xil zar doppi, ton, shoyi qiyiq, xotinqizlarning nimchalari, sozanalar, teatrlar va saroylar uchun zardozi pardalar, uy ichida kiyiladigan poyabzal, sovga buyumlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1994 - 97 yillarda qoshimcha tikuv sexi, sovgabop mahsulotlar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Korxonada Buxoro zardozligi an’analarini yangi izlanishlar bilan boyitgan koplab xalq ustalari mehnat qiladi. Korxona mahsulotlari kop marta jahon, respublika korgazmalarida namoyish etilgan va sovrinlar olgan.