ⓘ Gadoliniy, Gd - Mendeleyev davriy sistemasi III rypyhining lantanoidlar turkumiga mansub kimyoviy element; tartib rakami 64, atom massasi 157.25. Yettita barqar ..

                                     

ⓘ Gadoliniy

Gadoliniy, Gd - Mendeleyev davriy sistemasi III rypyhining lantanoidlar turkumiga mansub kimyoviy element; tartib rakami 64, atom massasi 157.25. Yettita barqaror izotopi malum: Gd152, Gd154, Gd155, Gd1S6, Gd1”, Gd158 va Gd160, Gadoliniyning bir necha suniy radioaktiv izotopi olingan. Gadoliniy 1880 yilda Shveysariya kimyogari Gadoliniy Marinyak tomonidan kashf etilgan bulib, fin kimyogari Yu. Gadolin sharafiga quyilgan. Yer pustida ogirligi jihatidan 5.4-10”4% ni tashkil qiladi, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Gadoliniy zichligi 7.85 g/sm3, suyukdanish temperaturasi 1313°, ferromagnit xossasiga ega kulrang metall. Gadoliniy oddiy sharoitda havoda asta-sekin, 100° dan yuqorida tez oksidlanadi. Mineral kislotalar bilan tasirlanadi. Ishqor eritmalari tasiriga chidamli. Qizdirilganda vodorod, azot va galogenlar bilan birikadi. Gadoliniy uz birikmalarida uch va-lentli.

Gadoliniy Sh-oksid, Gd2O5 - oq kristall modda. a-va r-modifikatsiyalari malum. Zichligi 7.618 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 2350°, suvda erimaydi. Gd2C2O43, yoki GdNO33 ni odatda 800 - 1000°da parchalab olinadi.

Gadoliniy1P-xlorid, GdCl3 - oq kristall modda. Zichligi, 4.541 g/sm3. Suyuqlanish temperaturasi 605°, suvda yaxshi eriydi. 200° dan yuqorida, Gd2C2O43 ga xlor yoki SS14 tasir et-tirib, Gadoliniyni xlorlab va b. usullarda olinadi.

Gadoliniy 111-ftorid, GdF, - oq kristall modda. Oddiy sharoitda ortorombik panjarali modifikatsiyasi zichligi 7.058 g/sm3 barkaror bulib, 1075° da zichligi 7.33 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 1232° bulgan geksagonal panjarali modifikatsiyaga utadi. Gadoliniy birikmalariga gaz holatidagi NG yoki ularning suvdagi eritmalariga ftorid kislota tasir ettirib olinadi.

Metall hodsagi Gadoliniy GdCl3 yoki GdF, ni kalsiy bilan qaytarib olinadi. Gadoliniy temir, nikel, kobalt bilan birga magnit qotishmalari komponenti, yadro reaktorlarining sozlovchi uzagi neytroilarni yutadi sifatida ishlatiladi. Yevropiy yordamida faollashtirilgan Gd2O3 qizil rangda shulalanadigan lyuminofor, terbiy yordamida faollashtirilgan Gadoliniy oksisulfidi esa rentgenolyuminofordir.

                                     
  • yilda amalga oshirilgan. Magnitik sovitishda nodir yer elementlari mas, gadoliniy sulfat xromkaliyli, temir - ammoniyli achchiktoshlar va boshqa paramagnit
  • prazeodim Rg neodim Nd prometiy Rt samariy Sm yevropiy Yey gadoliniy Gd terbiy Tb disproziy Dy golmiy No erbiy Yeg tuliy Tt