ⓘ Gaz gorelkasi - gazni havo bilan aralashtirib, yonuvchi aralashma hosil qiladigan moslama. Qizdirish asboblari, pechlar, gaz plitalari, qozon otxonalari va b.ga ..

                                     

ⓘ Gaz gorelkasi

Gaz gorelkasi - gazni havo bilan aralashtirib, yonuvchi aralashma hosil qiladigan moslama. Qizdirish asboblari, pechlar, gaz plitalari, qozon otxonalari va b.ga ornatib ishlatiladi. G.g. asosiy va yordamchi xillarga. keng va ingichka alanga hosil kiladigan, aralashmani uyurmali yondiradigan hamda alangasi uzun va togri oqib yonadigan xillarga bolinadi. G.g. gaz va havo kanallariga bolingan korpusdan iborat. Havo va gaz quvurlari G.g.ga kalta naycha orqali ulanadi. Berilayotgan gaz bosimiga karab, G.g. past bosim, orta bosim va yuqori bosim gorelkalariga bolinadi. Gaz asbobi xiliga qarab, gorelkalar soni har xil boladi. Mac, tort kamfarali gaz plitalarida 4 ta G.g. ishlatiladi. G.g. uzun va dumaloq qilib ishlab chiqariladi. Umuman, G.g. diffuzion, injeksion, gaz turbinali, aralash xillarga bolinadi. Diffuzion G.g.da yoqish kamerasiga gaz va havo keladi. Gaz va havoning aralashuvi yonish kamerasida yuz beradi. U sanoat pechlari va qozonlarida ishlatiladi. Injeksion G.g.da havo gaz oqimi energiyasi hisobiga soriladi, havo bilan gazning aralashuvi gorelka korpusi ichida yuz beradi. Bundam gorelkalar issiqxonalarni isitishda, neftni qayta ishlash zavodlari pechlarida, boshqa sanoat pechlarida ishlatiladi. Gaz turbinali G.g.da havo gaz turbinasi harakatga keltiradigan ventilyator yordamida beriladi. Uning ish unumdorligi kelayotgan gaz bosimi kattaligi bilan tartibga solib turiladi. Bunday gorelka katta gaz qozonlarida ishlatiladi. Yoruglik beruvchi alanga hosil qilish zarur bolgan yoki gazning ozi bilan zarur t-ra hosil qilib bolmaydigan hollarda aralash G.g.dan foydalaniladi. Metallarni payvandlash va qirqishda ishlatiladigan G.g. haqida Kislorod bilan kesish maqolasiga q.