ⓘ Gaz karotaji - neft va gaz konlarini topish usuli. G. k. burgilashda ishlatiladigan gilli qorishma, bazan kernda gazeimon va yengil suyuq uglevodorodlar miqdori ..

                                     

ⓘ Gaz karotaji

Gaz karotaji - neft va gaz konlarini topish usuli. G. k. burgilashda ishlatiladigan gilli qorishma, bazan kernda gazeimon va yengil suyuq uglevodorodlar miqdori va tarkibini muntazam aniqlab borish yoli bilan bajariladi. Kern olib burgilashda G.k. kernda bajarilishi ham mumkin. G. k. sanoatda 1940 y.lar avvalidan tadbiq etila boshladi. Neft va gazli qatlamlar orqali quduq kovlanayotganda uglevodorodlar burgilash qorishmasiga aralashib u bilan birga yer yuzasiga chiqadi. Burgilash qorishmasidan ajratib olingan gaz organiladi. Olingan malumotlar asosida diagramma tuziladi. Diagramma burgi qudugi kesmasini boshlanishidan oxirigacha bolgan oraligidagi uglevodorodning tarkibi va miqsori ozgarishini yaqqol korsatadi. Diagramma yordamida neft yoki gazli qatlamning joylashgan chuqurligi aniqlanadi.

G. k. da maxsus avtomashinalarga ornatilgan st-yalarda turli asboblar yordamida burgi qudugining chuqurligi kovlanish tezligi, burgilash qorishmasining sirkulyatsiyasi, quduqda neft bor-yoqligi va u qanday chuqurlikda joylashganligi kuzatiladi. Burgi qudugining kovlanish tezligi va chuqurligini hisobga olgan holda malumotlarga ozgartishlar kiritib boriladi. Bular neft va gaz uyumlarining joylashgan chuqurligini aniq belgilashga imkon beradi. G. k. shuningdek quduq kovlash toxtatilgandan keyin ham davom ettiriladi. Burgilash qorishmasining neft va gaz uyumlari bor joylardagi qismi uglevodorodlarga boyiydi. Keyin burgilash qorishmasining odatdagi sirkulyatsiyasi boshlanadi burgilash paytidek va G.k. bajariladi. Natijada suyuqlikning uglevodorodlarga boyigan intervali aniqlanadi. Burgi qudugining chuqurligi va burgilash qorishma sirkulyatsiyasini hisobga oluvchi tuzatishlar kiritilib quduq kesmasi boyicha neft gaz uyumlarining joylashgan orni aniqpanadi. Komirli qatlamlarning gazliligini organishda G. k. kam qollaniladi va asosan yonuvchi massa birligida metanning miqdorini aniqlashda foydalaniladi.