ⓘ Gaz turbinali dvigatel - yoqilgi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kam ..

                                     

ⓘ Gaz turbinali dvigatel

Gaz turbinali dvigatel - yoqilgi yonganda ajraladigan qizigan gazda ishlovchi issiqlik dvigateli. Asosan, gaz turbshshei, kompressor, gaz generatori, yonish kamerasi va havo isitkichdan iborat. G. t. d.ni yaratish goyasini birinchi marta 1791 y.da ingliz ixtirochisi J. Barber taklif kilgan. Birinchi G. t. d.ning loyihasini rus muhandisi P. D. Kuzminskiy 1892 y.da taklif qilib, 1900 y.da kurgan. Boshqa ixtirochilar uni takomillashtirgan. G. t. d.larning quvvati 100 MVt dan yuqori. Gazning potensial energiyasi turbina kuraklarida kinetik energiyaga, sonfa qisman mexanik energiyaga aylanadi. G. t. d.ning yonish bosimi ozgarmas va yonish hajmi ozgarmas xillari boladi. Yonish bosimi ozgarmas G. t. d.da yoqilgi uzluksiz yonadi, yonish hajmi ozgarmasida davriy yonadi. Birinchi G. t. d. kop tarqalgan. Unda kompressorda qisilgan atmosfera havosi yonish kamerasiga keladi va unga yonilgi beriladi; yonilgi aralashmasi yonib, havoni qizdiradi, songra gaz turbinasida gazsimon yonish mahsulotlarining energiyasi mexanik ishga aylanadi; bu ishning kop qismi kompressorda havoni qisish uchun sarf boladi, qolgan qismi harakatlantirish agregatiga uzatiladi. Agregat istemol qiladigan ish G. t. d.ning foydali ishi hisoblanadi. G. t. d.da suyuq yonilgi va gaz yoqiladi, qattiq yoqilgi faqat elektr styalariga ornatilgan G. t. d. uchun ishlatiladi. Gazning turbinaga kirish oldidagi t-rasi qancha yuqori bolsa, G. t. d.ning f. i. k. ham shuncha katta boladi. G. t. d. sanoatda, aviatsiyada, kema va lokomotivlarda, elektr styalarda, gaz haydash st-yalarida, neft haydash zavodlarida ishlatiladi.