ⓘ Galilei nisbiylik prinsipi - Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari ..

                                     

ⓘ Galilei nisbiylik prinsipi

Galilei nisbiylik prinsipi - Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday bolganida namoyon boladi. Biror inersial sanoq tizimida otkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab bolmaydi. Bu holatni birinchi bolib 1636-yilda Galileo Galilei aniqlagan.

Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi sanoq jismiga nisbatan qaralishiga bogliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq tizimlarida birday boladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galilei nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galilei nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga otishdagi almashtirishlarga - Galilei almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi qarang Nisbiylik nazariyasi.

Shu sababli Galilei almashtirishlarida yuqoridagi tenglama ozgarmaydi. Bu tenglama Galilei nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galilei nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar bilan harakatlangan hol uchungina orinli. ~ s bolgan hollarda Galilei almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim.