ⓘ Gandimiyon shartnomasi -Rossiya qoshinlari 1873 y. bahorida Xivani egallagandan song, 1873 y. 12 avg. da Rossiya bilan Xiva xonligi ortasida qishlogidagi xonnin ..

                                     

ⓘ Gandimiyon shartnomasi

Gandimiyon shartnomasi -Rossiya qoshinlari 1873 y. bahorida Xivani egallagandan song, 1873 y. 12 avg. da Rossiya bilan Xiva xonligi ortasida qishlogidagi xonning yozgi begala) tuzilgan shartnoma. Shartnomaga kora, xon rus podshosining vassaliga aylandi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum etiddi. Amudaryoning ong qirgogidagi yerlar Rossiyaga otdi va u yerda Amudaryo bolimi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Bolim boshligiga Xiva hukumatining faoliyatini kuzatib turish topshirildi. G. sh.ga binoan rus savdo kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilishi uchun imtiyozli huquq berildi. Rus sanoatchi va savdogarlari butun xonlik hududida bojsiz savdo kilish, yer sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi. Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan boldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming som tovon tolash majburiyatini oldi. Shunday qilib, G. sh. Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qoydi.