ⓘ Garmon, garmonika - damli tilchali musiqa cholgu asbobi. 2 ta yogoch qoplama, odatda, tugmasimon klavishlar, dam hamda ichida ornatilgan metall tilchalardan ibo ..

                                     

ⓘ Garmon

Garmon, garmonika - damli tilchali musiqa cholgu asbobi. 2 ta yogoch qoplama, odatda, tugmasimon klavishlar, dam hamda ichida ornatilgan metall tilchalardan iborat. Havo bosimining ozgarishi natijasida tilchalar sadolanadi. Ong tomondagi klavishlar vositasida melodik, chap tomondagilari bilan jornavoz tovushlar hosil qilinadi. 1822 y.da nemis ustasi K. F. L. Bushman yasagan G. keyingi turlari uchun asos bolgan. 19-asrning 30-y.larida G. ishlab chiqarish Rossiya da boshlangan. Keyinchalik tatar, mari, kabardin kabi xalqlarda ham keng yoyilgan. G.ning bir yoki ikki qatorli, diatonik va xromatik turlari mavjud. Ozbek xalq sozandalari, ayniqsa, Xorazm xalfalari 19-asrdan buyon G.dan foydalanib keladi. Fargonada Orif Garmon ham shu soz bilan mashhur bolgan. G.ning takomillashtirilishi natijasida akkordeon va bayan cholgulari yuzaga kelgan.