ⓘ Garmsel - issiq quruq shamol. G. Orta Osiyodagi mahalliy shamollardan biri, asosan Kopetdog oldida, Garbiy Tyanshanda va tog oldi tekisliklarida esadi. Havo mas ..

                                     

ⓘ Garmsel

Garmsel - issiq quruq shamol. G. Orta Osiyodagi mahalliy shamollardan biri, asosan Kopetdog oldida, Garbiy Tyanshanda va tog oldi tekisliklarida esadi. Havo massasining atom bosimi yuqori bolgan zonadan intensiv kochishi natijasida hosil boladi. Jan. va Sharkdagi tog massivlari havo massalarining gorizontal harakatiga tosqinlik qiladi. Shuning uchun yakinlashayotgan front tomon harakatlanayotgan havo yuqori qatlam havosi bilan almashadi. Havo massasining bevosita toglar ustida pasayib boradigan bu harakati yon bagridan pastga va vodiyga qarab esadigan fyon tusini oladi. G.ning tezligi turlicha: yengil shabadadan juda kuchli shamol tezligi gacha bolishi mumkin. Iliq havo massasining pastga tushishi tufayli havoning yer ustki qatlami temperaturasi keskin kotarilib, 40° dan ham oshadi, nisbiy namligi esa ancha kamayadi. Balandlikdagi havo qatlamlari qancha issiq va quruq bolsa, ular qancha katta balandlikdan tushsa, yer yuzasiga yetib kelganda ularning temperaturasi shu qadar yuqori, namligi esa kam boladi. Orta Osiyo hududi G. tez-tez esib turadigan r-nga kiradi. G. kop esadigan r-nlar: Qizilarvot, Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Xojand, Kokorol va b. G. Buxoro, Samarkand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida tez-tez esib turadi. Fargona vodiysida kamroq kuzatiladi. G. yilning hamma fasllarida esishi mumkin, lekin yoz yaqinlashgan sayin G. takrorlanishi ortib boradi. Tuprogi quruq bolgan joylarda G. esganda sharqiy shamolning tezligi ortishi bilan tozonli boron paydo boladi. G. qurgoqchilikning takrorlanishiga sabab boladi. G. bahor va yezda q. x. osimliklariga katta zarar yetkazadi. Quruq issiq shamol tufayli transpiratsiya va yalpi buglanish kuchayadi; issiq qum va chang osimlik tanasini jarohatlaydi, natijada osimliklarda suv balansi buziladi va ularning ayrim qismlari quriydi va oladi, mevalari rivojlanmay qoladi; ayniqsa yosh novdalar, qotmagan boshoqlar, gozaning shonasi, guli va kosaklari zararlanadi. Uzoq esadigan G. aynqiksa xavflidir. G.ning zararli tasirini kamaytirish maqsadida dala atrofiga ihota daraxtlari otqaziladi, sugorish tuproq namini saqlab qolishga yordam beradigan tadbirlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. G. singari shamollar Orta Osiyodan boshka joylarda ham uchraydi.