ⓘ Karl Fridrix Gauss. Gauss Karl Fridrix - nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist. 1807 yildan Gyottingen universitetining professori va astronomik rasadxon ..

                                     

ⓘ Karl Fridrix Gauss

Gauss Karl Fridrix - nemis matematigi, fizik, astronom, geodezist. 1807 yildan Gyottingen universitetining professori va astronomik rasadxona direktori. Algebraning asosiy teoremasini, yani har qanday algebraik tenglamaning kamida bitta ildizi bolishini Gauss birinchi bolib isbot etgan. Gaussning differensial geometriya, geodeziya, potensiallar nazariyasi, magnetizm, cheksiz qatorlar nazariyasiga oid ilmiy ishlari ham muhim. Gauss noyevklid geometriya bilan ham shugullangan. Gaussning sirtlar nazariyasiga doir kvadratik formalar nazariyasi, sirtni egish natijasida toliq egrilikning ozgarmay qolishini isbotlaydigan teoremasi matematika taraqqiyotida muhim. V. Veber bilan birga elektromagnit birliklar mutlaq sistemasini yaratdi. Magnit induksiyasi olchov birligi Gauss nomi bilan ataladi. Gauss 1833 yilda V. Veber bilan birga Germaniyada birinchi bolib elektromagnit telegraf qurgan.