ⓘ Gelonii Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydost - fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bagdodga keladi va juda kop olimlardan saboq oladi. Uning xanb ..

                                     

ⓘ Gelonii Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydost

Gelonii Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydost - fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bagdodga keladi va juda kop olimlardan saboq oladi. Uning xanbaliya mazhabiga oid vazlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik Geloni Quron tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat korsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dars beradi. Geloni hanbaliya mazhabida qatiy turgan, Muhammad sunnatlariga sozsiz rioya etgan. Vazlarida musulmonlar uchun zarur bolgan onta axloqiy qoidani bayon etgan. Geloni ozining tariqat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik qilmagan bolsa ham uni qodiriya sufiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13-asrning ortalarida, bazi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-asrda vujudga kelgan. Xalq ommasi uni mojiza korsatishga qodir bolgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi deb, uluglar edi. Unga Gavsul Azam va piri dastgir laqablarini berishgan. Geloni maqbarasi Bagdodda bolib, islomdagi mashhur muqaddas joylardan biri hisoblanadi.

Gelonining "Al-gunya li talib tariq l-haqq" "Haq yolidan boruvchi toliblar yolini tugrilash" asari saqlanib qolgan. Bu asarda hanbaliya mazhabi nuqtai nazaridan islomdagi 73 firqaga bulingan musulmon jamoasining ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari bayon qilingan.

Free and no ads
no need to download or install

Pino - logical board game which is based on tactics and strategy. In general this is a remix of chess, checkers and corners. The game develops imagination, concentration, teaches how to solve tasks, plan their own actions and of course to think logically. It does not matter how much pieces you have, the main thing is how they are placement!

online intellectual game →