ⓘ GELMGOLS German Lyudvig Ferdinand - nemis tabiatshunosi. Kuchning saqlanishi haqida asarida birinchi bolib energiyaning saqlanish qonunink matematik jihatdan as ..

                                     

ⓘ Gelmgols German Lyudvig Ferdinand

GELMGOLS German Lyudvig Ferdinand - nemis tabiatshunosi. "Kuchning saqlanishi haqida" asarida birinchi bolib energiyaning saqlanish qonunink matematik jihatdan asoslab, bu qonunning umumiyligini korsatgan. Eng kichik tasir prinsipini issiqlik, elektr va yoruglik hodisal ari ga qollab, bu prin-sipning termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan boglanganligini ochib bergan. U birinchi bolib hammaga tushunarli shaklda elektrning atom tabiati goyasini ilgari surgan. G. suyuqliklarning uyurma harakati nazariyasini rivojlantirib, mexanik va elektromagnit jarayonlarni tekshirish uchun bu nazariyaning amaliy qollanishiga doyr bir qancha misollar berdi. U yoruglikning elektromagnit nazariyasini va anomal dispersiya nazariyasini taraqqiy ettirgan. Fanga erkin va boglangan energiyalar degan tushunchani kiritgan. Korish va eshitish fiziologiyasiga oid masalalarni ilmiy jihatdan togri talqin qilgan. G. muskullarda issiklik paydo bolishini aniqlab, uni hamda nerv impulslarining tarqalishi tezligini olchagan.