ⓘ Gelmintlar - har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. G.ga 5 tipga mansub jonivorlar, jumladan yassi chuvalchanglardan monogeneyalar, ..

                                     

ⓘ Gelmintlar

Gelmintlar - har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. G.ga 5 tipga mansub jonivorlar, jumladan yassi chuvalchanglardan monogeneyalar, sorgichlilar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar; togarak chuvalchanglardan nematodalar va qilchuvalchanglar; halqali chuvalchanglardan zuluklar; tikanboshlilar, nemertinlar hamda sistematik orni toliq aniqlanmagan ortonektidlar va ditsiyemidlar kiradi. G. ekologik guruh bolib, juda xilma-xil jonivorlarni oz ichiga oladi. Teri-muskul xaltasi, tana organlarining uchta embrional varaqdan hosil bolishi; tanasi oldingi qismining ixtisoslashib, yopishuv yoki sezgi organlari hosil qilishi hamda bilateral simmetriyalik hamma G. uchun xos bolgan umumiy belgi hisoblanadi. Parazitlik qilish xususiyatiga binoan G.ni statsionar va fakultativ parazitlarga ajratiladi. Birinchi guruhga odam, hayvon va osimlik parazitlari ; ikkinchi guruhga - kopchilik zuluklar, ayrim kiprikli chuvalchanglar va nemertinlar kiradi. Lichinkalik davrida hasharotlar tanasida parazitlik qiladigan, voyaga yetgan davrida esa erkin yashaydigan qilchuvalchanglar G.ning oziga xos guruhini hosil qiladi. Parazitlik qiladigan joyiga binoan G. tashqi - ekto-parazitlar hamda endo-parazitlar ga ajratiladi.

Parazit hayot kechirish tasirida G.ning harakatlanish, xojayin tanasidan tashqarida faol oziq qidirish xususiyatlari yoqolgan; bir qancha turlarida hazm sistemasi reduksiyaga uchragan. Buning orniga yopishuv organlari rivojlanib, pushti keskin oshgan, rivojlanish sikli murakkablashib, koplab potensial xojayinlarni zararlashga imkon beradigan bolgan. G. lichinkasi kopincha tola-tokis yoki qismai asosiy xojayin organizmidan tashqarida rivojlanadi. Rivojlanish xususiyatiga binoan G. geogelmintlar va biogelmintlarga ajratiladi. Geogelmintlar tashqi muhitda, biogel-mintlar boshqa hayvonlar - oraliq xojayin organizmida rivojlanadi. Ayrim biogelmintlar oraliq xojayindan tashqari qoshimcha, hatto rezerv xojayinga ham ega boladi. Sorgichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub bir qancha G.da jinsiy kopayish bilan birga lichinkalik partenogenez ham uchraydi. Jinsiy va jinssiz gallanib kopayish turning saqlanib qolish imkoniyatini oshiradi. Ozbekistonda umurtqali hayvoilarda 1000 dan ortiq G. parazitlik qiladi.

Ld.Matjonov N. M., Azimov J. A., Gehtin V. I., Odam va hayvonlarning korinmas yovlari, T., 1977; Parmonov M., Sayidqulov B., Parmonov J., Epizootologiya, T., 1996.