ⓘ Geomexanika - tabiiy va texnologik omillar tasiridan tog jinslarining fizik-mexanik xossalari, zoriqish holati, deformatsiyalanishi va yemirilishini organadigan ..

                                     

ⓘ Geomexanika

Geomexanika - tabiiy va texnologik omillar tasiridan tog jinslarining fizik-mexanik xossalari, zoriqish holati, deformatsiyalanishi va yemirilishini organadigan fan. Tasir etuvchi omillarning asosiylari termik va mexanik jarayonlar hisoblanadi. G.ning asosiy vazifasi Yer posti ayrim uchastkalarining zoriqqan deformatsion holati ning ozgarishini tushuntirish va kelajakda boladigan ozgarishlarni bashorat qilishdan iborat. G. tog jinslari mexanik xususiyatlarining paydo bolish obyektiv qonuniyatlarini va Yerning malum qismlarining siljishi, mustahkamlanishi va yemirilishi sabablarini organadi. G. 19- va 20-asrlar bosagasida geofizikanint bir bolimi sifatida geol. va mexanika fanlarining tutashgan sohasida vujudga kelgan. Muhandislik geol.si, yaxlit muhit mexanikasi, gidro va gaz-mexanika, termodinamika bilan ham aloqador. Bu fanlarning metodlari G. tadqiqotlarida keng ishlatiladi.