ⓘ Gidravlik taran - gidravlik zarba tasirida bosim hosil boladigan suv kotarish qurilmasi. Ya, balandlikdagi manba 1 dan quvur 2 boylab tushayotgan suv zarba klap ..

                                     

ⓘ Gidravlik taran

Gidravlik taran - gidravlik zarba tasirida bosim hosil boladigan suv kotarish qurilmasi. Ya, balandlikdagi manba 1 dan quvur 2 boylab tushayotgan suv zarba klapani 4 orqali tashqariga chiqadi. Tushayotgan suv chiqayotganida kop bolgani uchun quvur 2 da bosim oshib, zarba klapani yopiladi, natijada quvurda gidravlik zarb hosil boladi. Zarb kuchi tasirida bosim klapani 5 ochilib, suv bosim qalpogi 6 ga kotariladi. Bunda zarb kuchi kamaygach, klapan 4 yana ochilib, haydash klapani yopiladi. Bu jarayon har 0.5 - 2 sek.da takrorlanib,bosim qalpogidan havo siqila boradi va suvni quvur 7 orqali N2 balandlikdagi idish 8 ga haydaydi. Ventillar 3 yopilganda G. t. ishdan toxtaydi. Suvning kotarilish balandligini 50 m dan oshirish mumkin. G. t.ni suv zaxirasi istemol qilinadigan miqdordan ancha ortiq boladigan va qurilmani manba 1 sathidan past joylashtirish imkoniyati bor bolgan joylarda ishlatish mumkin. G. t. q. x., kichik qurilishlarni suv bilan taminlash va b.da keng tarqalgan. G. t.ning ish unumi past, ammo uning harajati uskunaning soddaligi, tuzilishi va juda oddiy ishlashi hisobiga qoplanib ketadi.