ⓘ Gidravlik turbina, gidroturbina - suyuklik oqimi yordamida ishlaydigan turbina. Ishlash tarziga qarab, G. t. faol turbina va reaktiv turbina ga; tuzilishi boyic ..

                                     

ⓘ Gidravlik turbina

Gidravlik turbina, gidroturbina - suyuklik oqimi yordamida ishlaydigan turbina. Ishlash tarziga qarab, G. t. faol turbina va reaktiv turbina ga; tuzilishi boyicha vertikal va gorizontal xillarga bolinadi. Faol G t. lar ichida kovsh li turbinalar keng tarqalgan. Reaktiv G. t. lar suv oqimi yonalishi boyicha oqaviy va radial-oqaviy turbinalarga bolinadi. Yirik G. t. ish gildiragining diametri 10 m ga yetadi, quvvati 500 MVt dan oshadi. G. t. dan gidroelektr st-yalarda generatorlarni harakatlantirish uchun foydalaniladi.

Gidroturbina, suv turbinasi - suvning mexanik energiyasi hisobiga valga aylanma harakat beradigan parrakli gidravlik dvigatel. Asosan GES larda elektr generatorlarki harakatga keltirish uchun qollaniladi. Ishlash tarziga kura G. faol aktiv va reaktiv xillarga, ish gildiragi valining joylashtirilishiga kora, vertikal, gorizontal va qiya ornatiladigan xillarga bolinadi. G.ning asosiy ish organi ish gildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda ish gildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da esa suv bosim ostida yonaltiruvchi apparat orqali beriladi. Faol G.da ish gildiragiga keladigan va undan chiqadigan suv bosimi bir xilda atmosfera bosimiga teng boladi. Reaktiv G.da ish gildiragiga beriladigan suv bosimi atmosfera bosimidan ortiq, undan chiqadigan suvning bosimi esa atmosfera bosimidan ortiq yoki kam bolishi mumkin. Suv oqimining ish gildiragiga tasiri yonalishi boyicha reaktiv G. oqaviy va radial-oqaviy xillarga, quvvatni rostlash usuli boyicha bir marta rostlanadigan va ikki marta rostlanadigan xillarga bolinadi. Faol G. kopincha kovshli qilib tayyorlanadi. Ular parsial va noparsial xillarga bolinadi. Parsial G.da suv ish gildiragiga bir yoki bir necha soplolar orqali keltiriladi va unda bir vaktning ozida ish gildiragining bir yoki bir necha parragi ishlaydi. Noparsial G.da suv bitta halqasimon oqimda beriladi va ish gildiragining barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik G.lar tezlikni avtomatik rostlash qurilmalari bilan jihozlanadi. Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari va kotarilish suv elektr stansiyalarida nasos rejimida ham, turbina rejimida ham ishlaydigan nasos-turbina hamda dvigatel rejimida ham, generator rejimida ham ishlaydigan dvigatel-generatordan tashkil topgan gidroagregatlar qollaniladi. Yangi G.ni yaratishdagi asosiy omillar: quvvatni oshirish, G.ni takomillashtirish, sifatini yaxshilash, uskunalarning puxtaligi va kopga chidamliligini oshirish va b.