ⓘ Gidrodinamika - mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan ozaro tasirini organadigan bolimi. G. suyuqliklar va gazlar mex ..

                                     

ⓘ Gidrodinamika

Gidrodinamika - mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar bilan ozaro tasirini organadigan bolimi. G. suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlangan qismi bolib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu bolimda organiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tuzish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tutashligi, yani suyuqlikni tavsiflovchi fizik korsatkichlarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi, yengil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. G. nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsiflovchi qovushoqlikka ega bolgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Navye-Stoks tenglamasidan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga massa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasidir. Ularni umumiy holda yechish ancha murakkab bolib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlardagina yechim oxi riga yetkazilishi mumkin: qovushoqlik mavjud emas - bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi; kichik qovushoqlik holi, uyurmasiz yoki potensial oqim; turgunlashgan, yassi oqaviy simmetrik bir olchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi bilan ifodalanuvchi turbulent harakat holida vaqt boyicha "ortachalashgan" suyuqlik modeli ishlatiladi. G. tenglamalarining ushbu hollar va b. hollarda yechishda oxshashlik mezonlaridan foydalanuvchi oxshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodinamik tajribalardan foydalaniladi.

G. tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning tolqin harakatlari nazariyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitatsiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kiradi. G. usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalalarini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvurotkazgichlar truboprovodlar va b.ni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalarni loyihalashda foydalaniladi.