ⓘ Gidronefroz - buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak olchamining kattalashaverishi bilan namoyon boladi. Asosan buyr ..

                                     

ⓘ Gidronefroz

Gidronefroz - buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak olchamining kattalashaverishi bilan namoyon boladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga otish qismida mexanik tosiq borligi G.ga sabab boladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki osma paydo bolishi ham G.ga olib keladi. G. chaqaloqlarda ham, keksalarda ham uchraydi. Bu asosan mexanik tosiqning kattakichikligi va tosilib qolgan sohaning qanchalik torayganligiga bogliq. G.da bolalar bazan bezovta bolib, qorni yoki kindik atrofi simillab ogriydi. Katta yoshdagilarda esa G. bor tarafdagi bel sohasi uvishib, ogriydi, vaqt-vaqti bilan ogriq kuchayishi ham mumkin. Siydikda leyqotsitlar, bazan eritrotsitlar paydo bolib, vaqt otgan sari siydik zichligi kamaya boradi. Bemorning qorni paypaslanganida buyrak qolga unnashi mumkin. Kechiktirilgan hollarda esa hatto qorin old devori bortib turadi. Ultratovush tashhisda va ekskretor urogrammada buyrak kosacha-jom sistemasi kengayganligi qayd etiladi. Tashhis qoyish kechikkan sari buyrak tobora kattalashaverib, nihoyat suyuqlik bilan tola xaltachaga oxshab qoladi va oz faoliyatini yoqotadi. Bu holda jarroxdik usuli bilan buyrak olib tashlanadi.

Klassifikatsiyasi 1)tugma yoki orttirilgan 2) tola yoki qisman 3)bir tomonlama yoki bilateral