ⓘ Gidrostat - suv ostida tadqiqotlar olib borish va suv osti ishlarini bajarish uchun moljallangan apparat. G. alyuminiymagniy qotishmalari, shisha-plastika va b. ..

                                     

ⓘ Gidrostat

Gidrostat - suv ostida tadqiqotlar olib borish va suv osti ishlarini bajarish uchun moljallangan apparat. G. alyuminiymagniy qotishmalari, shisha-plastika va b. materiallardan shar yoki silindr shaklida yasaladigan kamera. Suv ostini kuzatish qurilmalari, havoni regeneratsiyalash tizimi, yoritqichlar, i. t. asboblari, kino-fotoapparatlar, elektr uzatishli liniyalari, kabel aloqalari bilan jihozlanadi. U sim arqon bilan kemadan suv ostiga tushiriladi. Kamera ichida 1 - 3 operator ishlaydi. G.ni 300 m gacha suv ostiga tushirish mumkin.