ⓘ Gilmoya - gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. Ozbekistonda G.ni gilvata, tog yogi, kok shiram, soz kesak, toshsovun ham deyishadi. G. asosan dengiz v ..

                                     

ⓘ Gilmoya

Gilmoya - gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. Ozbekistonda G.ni gilvata, tog yogi, kok shiram, soz kesak, toshsovun ham deyishadi. G. asosan dengiz va okean tublarida vulkan kullari va gillarning ishqorli muhitda fizik va kimyoviy ozgarishidan hosil boladi. Rangi oq, yashil, kulrang, qongir va h.k. Sovunga oxshash, yumshoq, issiqda tez qurib, toshga aylanadi. Suvda hajmi 2 - 15 baravar oshadi. G. har xil moddalar, radioaktiv elementlarni yutish xususiyatiga ham ega. 1110 - 1125° qizdirilsa, kopchib, govakli tosh - keramzitga aylanadi. G. rezina, qogoz, metallurgiya, oziq-ovqat sanoatida, tibbiyot va q. x.da koplab ishlatiladi. G. bor va paleogen davri katlamlarida keng tarqalgan. Ozbekistonda 200 ga yaqin G. konlari borligi aniqlangan.