ⓘ Gipertrixoz, badanni ortiqcha jun bosishi, sertuklik - endokrin bezlar funksiyasining buzilishi natijasida badanni qalin tuk qoplashi yoki mutlaqo tuk bolmaydig ..

                                     

ⓘ Gipertrixoz

Gipertrixoz, badanni ortiqcha jun bosishi, sertuklik - endokrin bezlar funksiyasining buzilishi natijasida badanni qalin tuk qoplashi yoki mutlaqo tuk bolmaydigan joylardan tuk chiqishi. Tugma va orttirilgan G. boladi, bolaning kafti, tovoni, oyoqqol barmoqlarining ichki tomonidan tashqari, badanning hamma qismi mayin, uzun, nozik tuk bilan qoplanadi. Tuklar bir joyda yoki badanning hamma qismida uchrashi mumkin. Ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi, shuningdek, issiq, mexanik va kimyoviy tasirotlar natijasida badanning malum bir joyida tuklar kop osadi. Butun badanning sertukligi, tabiatan kishi konstitutsiyasiga ham bogliq. Ustki lab, lunjlar, bazan engak va boyinda dagal tuk osishi mumkin ; bazan balogatga yetish yoki klimakteriya davrida ham kuzatiladi. G. yaqqol namoyon bolib, kishi husnini buzsa, kosmetolog-shifokorga korinish, agar unga biror kasallik sabab bolsa, vaqtida davolatish zarur.