ⓘ Glutamin kislota, glyutamin kislota, COOH-CH2CH2-CH2-COOH - kristallar. Mol.m. 147.13, suyukdanish temperaturasi 202°. Suvda yaxshi eriydi. Oqsil va qator muhim ..

                                     

ⓘ Glutamin kislota

Glutamin kislota, glyutamin kislota, COOH-CH2CH2-CH2-COOH - kristallar. Mol.m. 147.13, suyukdanish temperaturasi 202°. Suvda yaxshi eriydi. Oqsil va qator muhim quyi molekulyar birikmalar tarkibiga kiradi. Tabiiy shakli - D. izomer G.k. jonivorlar uchun almashtiriladigan aminokislota hisoblanadi. Kazein, jelatina, kleykovina tarki-bida kop miqdorda boladi. Qon plazmasi ozining u-monoamidi - glutamin bilan birga barcha erkin aminokislotalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. r.K.+NH3+AT £± glutamin+ADF+N3RO4 anorganik reaksiyasi liazalar guruhiga mansub glutaminsintetaza fermenti yordamida amalga oshadi, bunda jonivorlar va osimliklar toqimalarida ortiqcha ammiakning boglanishi sodir boladi. Shu tariqa glutamin ammiakni deoksikatsiya joyiga yonaltiradi, u aminoguruhlar uchun zaxira bolib ham xizmat qiladi va oqsillar tarkibiga kiradi. Moddalar almashinuvida ayniqsa glutamin - G.k. sistemasi muxim rol oynaydi. G.k. moddalar almashinuvining boshqa muhim jarayonlari qayta aminlanishida ham qatnashadi. Dezaminlanishda a-ketoglutar kislota hosil qiladi, u esa oz navbatida trikarbon kislotalar sikliga, dekarboksillashda muhim neytrop agent - a-aminomoy kislota hosil bolishiga olib keladi; kop sonli sintezlarda, shu jumladan glutation, glyukoza, ornitin sintezida ishtirok etadi. G.k.ning natriyli tuzidan oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarning tami va kiymatini oshirishda, tibbiyotda tabletkalar, pastalar, shuningdek, bazi asab kasalliklarini davolashda qollaniladigan suyuq dorilar tayyorlashda foydalaniladi.