ⓘ Glyukokortikoidlar - odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining postlogidan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga kora steroid. Gipofiz tasirida x ..

                                     

ⓘ Glyukokortikoidlar

Glyukokortikoidlar - odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining postlogidan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga kora steroid. Gipofiz tasirida xolesterindan hosil boladi. Adrenokortikotrop garmon G. sekresiyasini oshiradi. Organizm hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar roy berganda G. kop ishlab chiqariladi. Asosiy G.: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikosteron. G. asosan uglevodlar almashinuviga tasir etadi, jigarda oqsillardan glikogen sintezlanishiga va glyukoza hosil bolishiga yordam beradi; yuqori molekulali yog kislotalarining biosinteziga tosqinlik qiladi. G. biriktiruvchi va limfa toqimalari faoliyatini susaytirib, turli yalliglanishlar rivojlanishiga yol qoymaydi. G. va ularning sintetik analoglari tibbiyot va veterinariyada keng qollaniladi.