ⓘ Golfstrim - Atlantika okeanining shim. qismidagi iliq oqim. Aslida G. bir qancha iliq oqimlardan iborat bolib, Florida ya. o. qirgogidan Shpitsbergen va Novaya ..

                                     

ⓘ Golfstrim

Golfstrim - Atlantika okeanining shim. qismidagi iliq oqim. Aslida G. bir qancha iliq oqimlardan iborat bolib, Florida ya. o. qirgogidan Shpitsbergen va Novaya Zemlya o.larigacha 10 ming km masofaga oqib boradi. G. dastlab Florida qoltigining jan. qismida hosil boladi. Passat shamoli suvni Yukatan bogozi orqali Meksika qoltigiga haydaydi va oqibatda Meksika qoltigi suvi sathi bilan Atlantika okeanining shu atrofdagi qismi sathida kattagina farq vujudga keladi. Okeanga kiraverishda oqim hajmi sekundiga 25 mln.m3 ga yetadi, bu esa butun Yer sharidagi barcha daryolarning suv sarfidan 20 marta ortiqdir. Okeanda bu oqim Antil oqimi bilan qoshiladi, shundan song 38° sh. k.da G.da sekundiga 82 mln. m3 suv oqadi. G. okeanda soatiga 6 km tezlik bilan shimolga karab Shim. Amerika materigi sohili boylab otadi. Oqimning eni jan.da 75 km, Xatteras burni yaqinida 110–120 km, qalinligi 700–800 m. G. juda kop issiqlik hamda tuz olib keladi. Suv yuzasida ortacha yillik t-ra 25 - 26°, shorligi 36.2 - 36.4%", 400 m chuqurlikda 10 - 12°, Nyufaundlend sayozligining jan. chekkasi yonida G.ga shimoldan sovuq Labrador oqimi yaqinlashib keladi. Ana shu yerda ikki xil suv aralashadi va yuza qatlamdagi suv pastga tushadi. Taxminan 40° g. u.da G. Shimoliy Atlantika oqimi nomini oladi, bu oqim garbiy va jan.garbiy shamollar tasirida Okeanii garbdan sharqqa kesib otadi va Yevropa yaqinida asta-sekin shim sharqqa buriladi. Tomson portiga yaqinlashganda Shim. Atlantika oqimidan Irminger iliq oqimi ajralib chiqib, Baffin dengizi tomon ketadi. Shim. Atlantikaoqimining asosiy qismi Norvegiya dengizidan chiqqach, Shpitsbergen oqimi nomini oladi va Skandinaviya ya. o.ning garbiy qirgogi boylab shim. ga qarab ketadi, shundan song Shpitsbergen o.larining garbiy qirgogi yaqinidan otib, Shpitsbergendan shim. da bu oqim pastga tushib ketadi va Shim. Muz okeanidan yana bir oz sezilib turadi. G. va uning davomi bolgan iliq oqimlar Shim. Muz okeani va uning dengizlari suviga, organik dunyosiga, Yevropaning Atlantika okeaniga yaqin mamlakatlari iqlimiga katta tasir etadi. Iliq suv Yevropa havosini ilitib turadi.

                                     
  • Florida oqimi - Florida bo g ozidagi iliq oqim, Golfstrim oqimining boshlanish qismi.
  • joyining eni 80 km, farvatyorida chuq. 150 dan 2085 m gacha. Florida bo g ozidan Golfstrim oqimi boshlanadi. Yirik portlari: Gavana Kuba va Mayami AKSH
  • orollari ekvatorial va tropik o lkalardan b. yerlarda uchramaydi. Faqat Golfstrim oqimi o tadigan Bagama o.lari yaqinidagina tropiklardan tashqarida uchraydi
  • sektorlarini yuzaga keltiradi. Kanar hamda Kaliforniya oqimlarining davomi, muvofiq ravishda Golfstrim va Kurosio oqimlarining boshlanishi hisoblanadi.
  • Atlantika okeanining shim. qismidagi dengiz. Kanar, Shim. Passat va Golfstrim oqimlari bilan chegaralangan. 23 - 35 sh.k. va 30 - 68 g u. lar oralig ida
  • Meksika qo ltig iga Karib dengizidan Yukatan oqimi kiradi. Qo ltiqdan Golfstrim boshlanadi. Suv qalq - ishi sutkalik, 0, 3 - 0, 6 m gacha. Meksika qo ltig ining
  • ajratiladi. Har bir okeanning o ziga xos Sm. bor. Mas, Atlantika okeanida Golfstrim Shim. tropik va boshqa yuza Sm., Shim. subtropik, Jan. subtropik va boshqa
  • qo ltiqlari bor. Barens dengizi iqlimi arktika iqlimiga mansub, lekin Golfstrim oqimi ta sirida qishi iliqroq. Havoning o rtacha temperaturasi fevralda
  • kiladi. Atlantika okeanining xarakterli xususiyati shundaki, bu yerda Golfstrim va uning davomi bo lgan Shimoliy Atlantika oqimi g arbiy va shimoliy tarmoqlarga