ⓘ Gorn, pech. Gorn - metallarni eritish, qayta eritish, qizdirish, keramik buyumlarni pishirish uchun moljallangan pech; shaxtali vaterjeket pechlarning yoqilgi y ..

                                     

ⓘ Gorn (pech)

Gorn - metallarni eritish, qayta eritish, qizdirish, keramik buyumlarni pishirish uchun moljallangan pech; shaxtali vaterjeket pechlarning yoqilgi yonadigan pastki qismi. Qadimda G.dan rudadan togridan-togri xomaki temir olishda foydalanishgan. Zamonaviy G. ichiga gisht terilgan usti ochiq polat qutidan iborat. Uning yon tomonida havo yuboriladigan furma bor. Gazsimon yonish mahsulotlari uning yuqori qismidan chiqib ketadi. G. pistakomir, koks, neft yoki gazda ishlashi mumkin. F.i.k. kichik bolgani uchun sanoatda keng foydalanilmaydi. Metallurgiyada tigelli G., ruda konsentratlaridan qorgoshin olishda esa maxsus G. ishlatiladi.