ⓘ Gorkiy avtomobil zavodi - Rossiyaning yuk va yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan yirik avtomobil sanoati korxonasi. Nijniy Novgorod sh.da joylashgan. 1932 y ..

                                     

ⓘ Gorkiy avtomobil zavodi

Gorkiy avtomobil zavodi - Rossiyaning yuk va yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan yirik avtomobil sanoati korxonasi. Nijniy Novgorod sh.da joylashgan. 1932 y.da ishga tushirilgan. Dastlab 1.5 t li GAZ-AA va GAZ-A avtomobillari, 1936 y.dan 1.5 t li GAZ-MM, M-1 va b. avtomashinalar ishlab chiqardi. 1941 y.gacha zavodda 18 modeldagi avtomobillar tayyorlandi. Urushdan keyin GAZ-51, GAZ63, "Pobeda", GAZ-69, 1956 y.dan "Volga-21" 1959 y.dan "Chayka" yengil avtomobillari, shuningdek, 1963 y.dan GAZ-24 "Volga" yengil avtomobilni i.ch. ozlashtirildi. Hoz. vaqtda zavod yuk tashuvchi va yengil avtomobillarning takomillashtirilgan yangi modellarini ishlab chiqaradi. Korxona mahsulotlari chet el bozorlariga, shu jumladan Ozbekistonga ham chiqariladi. 90-y.lar boshigacha Ozbekiston Respublikasi xalq xojaligida foydalanilgan avtomobillarning katta qismini GAZ avtomobillari tashkil qilgan. Mac, 1995 y.da respublika korxonalarida GAZ markali 58 ming yuk, 16 ming yengil avtomobillaridan foydalanilgan, fukarolarga tegishli 28 mingdan ortiq GAZ "Volga" yengil avtomobillari bolgan.