ⓘ Gospital - yotib davolanishga moljallangan harbiy tibbiyot muassasasi. G.da harbiy xizmatni otayotgan askarlar va ofitserlar, ularning oila azolari hamda mudofa ..

                                     

ⓘ Gospital

Gospital - yotib davolanishga moljallangan harbiy tibbiyot muassasasi. G.da harbiy xizmatni otayotgan askarlar va ofitserlar, ularning oila azolari hamda mudofaa vazirligining xodimlariga tibbiy yordam korsatiladi. G.da davolashdan tashqari, harbiy ekspertiza otkazish, harbiy qismlardagi vrachlarga davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda yordam berish, harbiy tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish kabi vazifalar bajariladi.

Urush vaqtida yarador va bemorlarga tez yordam korsatadigan polk, diviziya, armiya kochma harbiydala G.lari va front orqasida joylashgan G.lar farq qilinadi.

Turkistonda birinchi G. 1869 y.da Toshkent sh.da ochilgan. Hozir Toshkentdagi 2 ta G.ning Jizzax, Kattaqorgon, Navoiy, Samarkand, Taxiatosh, Termiz, Fargona, Chirchiq va Qarshi sh.larida filiallari faoliyat korsatadi.