ⓘ Gravimetriya - tor manoda ogirlik kuchini olchash usullari haqidagi fan. Keng manoda Yerning ogirlik kuchi maydonini, Yer shaklini aniqlash maqsadida uning fazo ..

                                     

ⓘ Gravimetriya

Gravimetriya - tor manoda ogirlik kuchini olchash usullari haqidagi fan. Keng manoda Yerning ogirlik kuchi maydonini, Yer shaklini aniqlash maqsadida uning fazoviy ozgarishini, Yerning ichki tuzilishini, uning ustki qismi geologik tuzilishini, bazi navigatsiya masalalarini yechish va b.ni organish bilan shugullanadigan fan. Ogirlik kuchi - Yerning sotkali aylanishidan hosil boladigan gravitatsion tortishuv va markazdan qochma kuchlaridan iborat. Ekvatorda markazdan qochma kuch gravitatsion tortishuv kuchiga karaganda 288 baravar kichik, qutbda nolga teng. Shu sababli, tortishuv kuchining qiymati, asosan, Yerning zichligiga, shakli va olchamiga bogliq.

G.da tekshiriladigan asosiy fizik kattalik ogirlik kuchi tezlanishi g dir. Ogirlik kuchi tezlanishini birinchi marta taxminan 1590 y. G. Galiley aniqlagan. Bu kattalikning ozgarishi geografik kenglikka bogliq. Son qiymati jismning erkin tushish tezlanishi g ga teng bolgan ogirlik kuchi kuchlanganligi kuchning massa birligiga nisbati Gallarda olchanadi: 1 Gal=10^2 s/s2; uning 1000 dan bir ulushi milligal mGal deyiladi. Yer sirtida g ning qiymati 978.0 Gal dan ekvatorda 983.2 Gal gacha qutblarda ozgaradi. Ogirlik kuchi tezlanishi asosan gravimetrlarda olchanadi. Okeandagi galayonlanmagan suv sathiga mos kelgani W = W geoid deyiladi va uni Yerning shakli sifatida qabul qilinadi. Qulaylik maqsadida ogirlik kuchi gravitatsiya maydonini, sayyora sirti boyicha qonuniy ozgara boruvchi u normal qismga hamda real g va normal tashkil qiluvchilar orasidagi ayirmadan iborat bolgan anomal ogirlik kuchi anomaliyasi deb yuritiluvchi Ag = g - u ga ajratiladi. Normal qismini odatda real Yer bilan birday massaga va aylanish tezligiga ega bolgan hamda geoidga eng kop yaqin bolgan bir jinsli aylanish maydoni sifatida tasavvur qilinadi.

1971 y.da Xalqaro gravimetrik sistema qabul qilingan. Unga kora ogirlik kuchining formulasi 1967 y.dagi gravimetrik va suniy yoldoshlar kuzatishlari majmuasi asosida hisoblangan doimiylar bilan birga quyidagi korinishga ega: u =978031.81+0.005302sin2p -0.0000059sin22p mGal.

Yer ogirlik kuchi maydoni normal tashkil qiluvchisining toliq ozgari-shi = 5.2 Gal. Yerda ogirlik kuchi anomaliyalari 2 - 4 102 mGal ga yetadi, markazdan qochma kuch hisobiga ogirlik kuchi ozgarishi =3.3 mGal, Yerning bosiqligi tufayli ogirlik kuchi ozgarishi =1.8 mGal, ogirlik kuchinig balandlik boyicha ozgarishi 1 m ga 3-10~’ mGal, Oy - Quyosh galayonlanishlarining eng katta qiymati =2.4-10 mGal.

G. yordamida neft-gaz tuzilmalari, boyliklari izlanadi va tekshiriladi. Yerning deformatsiyasi Yerning qovushoqlik xususiyatlariga bogliqdir. Ushbu deformatsiyalarni olchash orqali Yer ichki qatlamlarining qovushoqligi hamda ichki tuzilishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Muayyan r-nning gravitatsion maydoni qiymatlarining olchovlari yigindisi gravimetrik syomkadir. Gravimetrik syomkada mayatnikli asboblar, gravimetrlar, gravitatsiya variometrlaridan foydalaniladi. Toshkent astronomiya rasadxonasida 1901 y.dan boshlab gravimerik tadqiqotlar olib borilgan, natijada mingdan ortiq gravimetrik punktlar aniqlangan.

Sayyoralararo kosmik apparatlarning paydo bolishi G.ning qollanish sohasini kengaytirdi. Tushiriluvchi kosmik apparatlar ogirlik kuchini bevosita Oy sirtida, Mars va Veneraning suniy yoldoshlari esa bu sayyoralar atrofida olchadi. Keyingi yillarda Yupiter va Saturnning gravitatsion maydonlarini tadqiq qilish boshlandi.