ⓘ Grunt suvlari - yer yuzasidan pastda, birinchi suvli tog jinslari govaklarida yigilgan suv. G. s. ozidan suv otkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida boladi. Bu qat ..

                                     

ⓘ Grunt suvlari

Grunt suvlari - yer yuzasidan pastda, birinchi suvli tog jinslari govaklarida yigilgan suv. G. s. ozidan suv otkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida boladi. Bu qatlam giltuproq, yaxlit ohaktosh, otqindi hamda metamorfik jinslardan iborat bolishi mumkin. G. s. yer yuzasidan kanal, daryo, yogin suvlari, atmosferadagi suv buglarining tog jinslari govaklaridan pastga tushib, suv otkazmaydigan qatlamda yigilishidan paydo boladi. Ularning joylanishi chuqurligi suv otkazmaydigan qatlamning yotish holati va suvli tog jinslari qatlamiga bogliq. G. s. yer yuziga yaqin birinchi govak qatlamda joylashadii uchun uning sathi, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari yerning ustki qismidagi tabiiy va suniy sabablarga kora ozgarib turadi. G.s. daryo vodiilaridagi allyuvial yotqiziqlar hamda muzliklarning surilishi natijasida yotqizilgan tog jinslari va sahrolardagi dyun yotqiziqlari govaklarini toldirib turadi. Shahar va sanoatni toza suv bilan taminlashda G. s goho asosiy manba bolib xizmat qiladi. Ozbekiston hududida G.s.ning paydo bolishi, tarqalishi va ularni qidirish hamda ishlatish uslublari G. O. Mavlonov, O. K. Lange, N. A. Kenesarin, U. M. Ahmedsafin va b. tomonidan ishlab chiqilgan.

Masharif Boqiyev.