ⓘ Guk, Xuk Robert - ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. G. havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, kozguli teleskop, shamol kuc ..

                                     

ⓘ Guk

Guk, Xuk Robert - ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. G. havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, kozguli teleskop, shamol kuchini olchaydigan va b. asboblarni takomillashtirgan. Osimlik va hayvon toqimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan. X. Gyuygens bilan birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Elastik jismlarga qoyilgan kuch bilan uning deformatsiyasi orasidagi boglanish qonunini kashf etgan. G. osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mutanosib ekanligi, sayyoralar elliptik orbitalar boyicha harakatlanishini aniqlagan. Yoruglikning tolqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan.