ⓘ Gulag - sobiq shorolar davlatida 1934 - 56-y.larda axloq tuzatishmehnat lagerlari tizimiga rahbarlik qilgan NKVD bolinmasi. Uning maxsus boshqarmalari turli joy ..

                                     

ⓘ Gulag

Gulag - sobiq shorolar davlatida 1934 - 56-y.larda axloq tuzatishmehnat lagerlari tizimiga rahbarlik qilgan NKVD bolinmasi. Uning maxsus boshqarmalari turli joylar, mas, Karaganda, Dalstroy, Solovki, Belomor-Baltika, Vorkuta, Norilsk va b. yerlardagi axloq tuzatish mehnat lagerlarini birlashtirgan. Lagerlarda juda ogir sharoit ornatilgan, eng oddiy insoniy huquqlarga ham rioya etilmagan, ish rejimi ozgina buzilgani uchun qattiq jazo berilgan. Sobiq Ittifoqning hamma chekkalaridan, shu jumladan, Ozbekistondan jazoga mahkum etilgan millionlab mahbuslar chekka Shim.da, Uzoq Sharqda va b. mintaqalarda joylashgan kanallar, yollar va b. inshootlar qurilishida haq olmay ishlagan. Ochlik, kasallik va mashaqqatli mehnat tufayli olim haddan tashqari kop bolgan. A.I. Soljenigining "Gulag orollari" kitobida shorolar davlatidagi bu ommaviy qirginlar va zoravonlik tizimi fosh qilindi. Kitob nashr etilganidan keyin GULAG atamasi NKVD lagerlari va turmalari, umuman totalitar tuzumning ifodasi bolib qoldi.