ⓘ Guliston, orik navi. Guliston - ertapishar orik navi. P.P. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutida K.V. Vasilyev va L.A. Protas ..

                                     

ⓘ Guliston (orik navi)

Guliston - ertapishar orik navi. P.P. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutida K.V. Vasilyev va L.A. Protasevichlar tomonidan Xurmoy va № 56 navlarini chatishtirib chiqarilgan. Daraxti kuchli usadi, siyrak shoxli. Mevasi ortacha, yumaloq, quyoshga qaragan tomoni qirmizi rangda. Posti yupqa, etidan ajralmaydi. Eti sersuv, sershira, och-sariq, xushboy, danagi ortacha. Apr.ning birinchi on kunligida gullaydi. Iyunning boshlarida pishadi. Har yili hosil beradi. Kochati ekilgandan keyin 4-yilidan boshlab hosilga kiradi. Yangiligida istemol etiladi, konserva qilinadi. Ozbekistonning jan garbidagi adir va tog oldi zonalarida eqiladi.