ⓘ Gumin kislotalar - tabiiy mahsulotlar dan ishqorlarning suvdagi eritmasi yordamida ajratib olinadigan organik moddalar; tabiatda osimlik qoldiqlaridan yoki tosh ..

                                     

ⓘ Gumin kislotalar

Gumin kislotalar - tabiiy mahsulotlar dan ishqorlarning suvdagi eritmasi yordamida ajratib olinadigan organik moddalar; tabiatda osimlik qoldiqlaridan yoki toshkomir va b. organik mahsulotlarning oksidlanishi natijasida hosil boladi. Torf xiliga, shuningdek, uning chirishi darajasiga qarab Gumin kislotalar har xil miqdorda uchraydi.

Chokmay, eritmada qolgan organik moddalar fulvokislotal ar deb ataladi. Chokkan Gumin kislotalardan spirtda eriydigan gimatomelan kislotalar hamda erimaydigan qoldiq - gumus kislotalar ajratib olinadi. Kimyoviy tuzilishiga kora Gumin kislotalar yuqori molekulyar mol. m. 1300 - 1500 kondensirlangan aromatik birikmalar bolib, ularda fenol gidroksillari, karboksil, karbonil va atsetoguruhlar, oddiy efir boglari va b. borligi aniqlangan. Elementar tarkibi: 50 - 70% S, 4-6% N, 25-35% O.

Gumin kislotalar neft va gaz qavzalarini kazishda yuvuvchi suyuqliklar komponenti, akkumulyatorlar tayyorlashda kislotabardosh toldirgichlar, tuproq tuzilishini yaxshilashda, osimliklarning osishini tezlashtiruvchi modda, organik-mineral ogitlar va qishloq xojaligi hayvonlarining teri kasalliklarini davolashda antiseptik modda sifatida qollaniladi.