ⓘ GURLANTEKS AKSIYADORLIK JAMIYATI - yengil sanoat korxonasi. Ozbekengilsanoat davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1997 y.da Xorazm viloyati Gurlan sh.da ishga tus ..

                                     

ⓘ Gurlanteks aksiyadorlik jamiyati

"GURLANTEKS" AKSIYADORLIK JAMIYATI - yengil sanoat korxonasi. "Ozbekengilsanoat" davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. 1997 y.da Xorazm viloyati Gurlan sh.da ishga tushirilgan. Asosan paxta matosi, erkaklar, ayollar, bolalar trikotaj kiyimlari, sport kiyimlari ishlab chiqaradi. Yillik loyiha quvvati 2500 t mato, shuningdek, 5.5 mln. dona trikotaj kiyimlari. Korxonaning loyihalash va qurilish ishlari Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi ishtirokida amalga oshirilgan bolib, Turkiya, Shveysariya, Italiya yirik firmalarining zamonaviy texnologiyasi va jihozlari bilan taminlangan. Korxona oz mahsulotlarini eksportga chiqaradi.