ⓘ Guschilar harakati -chex xalqining katolik cherkoviga, mulkdorlar zulmi va nemis zoravonligiga karshi kurashi. Gus Yanning otga tashlab oldirilishi Chexiyada om ..

                                     

ⓘ Guschilar harakati

Guschilar harakati -chex xalqining katolik cherkoviga, mulkdorlar zulmi va nemis zoravonligiga karshi kurashi. Gus Yanning otga tashlab oldirilishi Chexiyada ommaviy norozilikni avj oldirdi. 1419 y. xalq targibotchilari - guschilardan Mikulash, Yan Chapek va b.ning chaqirigi bilan minglab dehqonlar Tabor, Oreb, Beranek toglarida yigilib, ozlarini guschilar deb atashdi. 1419 y. 30 iyulda Praga sh. kambagallarining Yan Jelivskiy boshchiligida kotarilgan isyoni, qurolli kurashning boshlanishi bolib, butun Chexiyaga yoyildi. Chexiya ikki dushman lagerga - oliy ruhoniylar, chex panlari, nemis zodagonlari va quyi dvoryanlarning bir qismidan iborat mulkdor katoliklarga va guschilarga bolindi. Guschilarda motadil va radikal ikki qanot paydo boldi. Panlar, ritsarlar, orta ruhoniylar, boy hunarmandlar, chex ziyolilaridan iborat motadil guschilar - chashniklar cherkov yerlarini davlat ixtiyoriga otkazish, mustaqil chex milliy cherkovini tashkil etish va cherkovni isloh qilish harakatidan nariga otmadilar. Dehqonlar va shaharlik fuqarolarning keng tabaqasi, ruhoniylar, mayda dvoryanlarning bir qismi va hunarmandlardan iborat radikal qanot - taboritlar jamiyati cherkovni isloh qilish, xususiy mulkni va mulkdorlarga berilgan imtiyozlarni bekor qilish tarafdori edi. Keyinchalik chashniklar sotqinlik qilib, katoliklarga qoshilib ketdilar. Taboritlar yengilganiga qaramay katolik cherkoviga zarba berildi, dehqonlar krepostnoylik asoratiga tushishdan ikkinchi marta qutulib qoldi.