ⓘ Davlat ayblovchisi - jinoyat ishi boyicha sudlanuvchiga qoyilgan aybni sudda davlat nomidan qollabquvvatlaydigan prokuror. Prokuror ayblovni quvvatlaganda amald ..

                                     

ⓘ Davlat ayblovchisi

Davlat ayblovchisi - jinoyat ishi boyicha sudlanuvchiga qoyilgan aybni sudda davlat nomidan qollabquvvatlaydigan prokuror. Prokuror ayblovni quvvatlaganda amaldagi qonunlarning talablariga va ishning barcha holatlarini etiborga olishga asoslangan oz ishonchiga amal qiladi. D.a. tekshirishda ishtirok etadi. Jinoyat kodeksining normalarini qollash, sudlanuvchining hara-katlarini tavsiflash, unga jazo turini va meyorini tayinlash togrisida qamda sud hal etishi lozim bolgan boshqa masalalar yuzasidan oz fikrini bayon qiladi. Prokuror sud tergovi natijalari asosida sudlanuvchiga qoyilgan ayblovni ozgartirish zarur, degan xulosaga kelsa, bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart. Sud muhokamasida qatnashgan prokuror sud tergovi malumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi, degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi; ayblovning mazmunini ozgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda takdim etishi shart. Basharti fuqa-rolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, davo qozgatuvchi yoki jabrlanuvchi tomonidan qozgatilgan fuqaroviy davoni quvvatlaydi. Ozbekiston Respublikasida prokurorning sud muhokamasida ishtiroki JPK va Prokuratura togrisida OzR qonuni bilan belgilanadi.