ⓘ Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi - rahbar xodimlarni tayyorlovchi ..

                                     

ⓘ Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi - rahbar xodimlarni tayyorlovchi va kayta tayyorlovchi, ular malakasini oshiruvchi oquv-usuliy va ilmiy markaz. OzR Prezidentining 1995 y. 19 aprel farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Asosiy vazifasi - hokimliklar va boshqaruv organlari rahbar xodimlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, xojalik tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, orta bogin boshqaruv organlari, tadbirkorlik tuzilmalarining oliy toifali zamonaviy mutaxassislari va rahbarlarini oqitish, tarbiyalash. Akademiyada 10 va 12.5 oylik tayyorlash, 3 oylik qayta tayyorlash hamda 1 oylik malaka oshirish kurslari tuzilgan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida esa 5 - 10 kunlik seminarlar yolga qoyilgan. 3 ta fakultet faoliyat korsatadi: 1) davlat va jamiyat qurilishi; 2) bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari; 3) davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar. Bu fakultetlar tarkibida 12 ta kafedra ish olib boradi. Oquv dasturlari AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va b. mamlakatlarning talim tizimlari andozalariga muvofiq tartibda ishlab chiqilgan. Dasturlar 4 moduldan iborat: asosiy kurslar; mutaxassislik kurslari; informatsion boshqarish tizimi; magistrlik dissertatsiyalari loyihalarini tayyorlash va himoya qilish. Akademiya 10 va 12.5 oylik kurslarini bitiruvchilarga tanlagan mutaxassisliklari boyicha magistr diplomi beriladi. Kafedralarda kunduzgi, sirtqi aspirantura va doktoranturalarda ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Oquv jarayonlarini tashkil qilish ishlariga respublikaning yetuk oqituvchi-prof.lari jalb etilgan. Asosiy ilmiy yonalishlar islohotlar jarayoni konsepsiyalarini yaratish, maorif tizimini isloh qilish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish, rahbar kadrlar tizimini tayyorlashda ilmiy tavsiyalar bilan ishtirok etishga qaratilgan. Koplab xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar ornatilgan. Oquv jarayonlarida AKSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Moldova, Eron, Malayziya, Jan. Koreya, Xitoy va b. davlatlar elchixonalarining rahbarlari maruza, suhbat otkazadilar va amaliy mashgulotlarda qatnashadilar. Oqituvchilar, tinglovchilar, aspirantlar, doktorantlar hamda tadqiqotchilarning malaka oshirishi, tajriba almashishi uchun xorijiy davlatlar oquv yurtlariga yuborish yoki u yerlardan malakali mutaxassislarni taklif etish yolga qoyilgan. Akademiya hududida joylashgan "Konrad Adenauer", OzR "Us toz" jamgarmalari, TASIS, Jurnalistlarni qayta tayyorlovchi xalqaro jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik ornatilgan. Akademiyaga tinglovchilarni qabul komissiyasi qabul qiladi. Mutaxassislar tayyorlash manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda alohida shaxslar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Boshqa davlatlar fuqarolari ham shartnomaga binoan oqitiladi.

Akademiya huzurida i.t. va oquvusuliy muassasasi - Ozbekistonning yangi tarixi markazi tashkil qilingan 1996 y. sent. Markaz 3 jildli Ozbekistonning yangi tarixi, "Ozbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti" kitoblarini tayyorlab, chop ettirdi 2000. Akademiya nashriyoti ilmiy, ilmiy ommabop va b. turdagi nashrlarni, "Jamiyat va boshqaruv" jur.ni chop etadi, har 3 oyda bir marta axborot byulletenini chikaradi. Akademiyaning 25 mingdan ortiq adabiyotlar bilan taminlangan zamonaviy kutubxonasi, kompyuter markazi, mehmonxonasi, tibbiyot bolimi, restoran, sport, trenajer zallari bor.

Rustam Jumayev.