ⓘ Davlat naslchilik zavodi - q.x. hayvonlarining malum bir zotini takomillashtirishga ixtisoslashgan oliy toifadagi naslchilik xojaligi; chorvachilikda biror zot ..

                                     

ⓘ Davlat naslchilik zavodi

Davlat naslchilik zavodi - q.x. hayvonlarining malum bir zotini takomillashtirishga ixtisoslashgan oliy toifadagi naslchilik xojaligi; chorvachilikda biror zot bilan uzok, vaqt davomida seleksiya ishi olib boradigan asosiy xojalik. Har qaysi naslchilik zavodida elita va I klass talablariga javob beradigan sof zotli, sermahsul mollarning podasi bolishi kerak. Naslchilik zavodlarida naslchilik ishlari 5 - 10 yil va undan ham ortita moljallab tuziladigan istikbol seleksiya-naslchilik ishi rejasi asosida olib boriladi. D.n.z. ning asosiy vazifasi tanlangan molning zotdorligi va mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirishdan, shuningdek, naslchilik xojaliklariga nasldor yosh mollar yetishtirib berishdan iborat.

Naslchilik zavodida mollar bir xil tanlash asosida sof zotlarni urchitish usuli bilan kopaytiriladi, mavjud zotlar yaxshilanadi va yangi, qimmatli liniya va oilalar yaratiladi. Qarindosh urchitishni har xil darajada qollash bilan birgalikda, zotni tubdan yaxshilash va yangi zot yaratish maqsadida murakkab hamda qon quyish va chatishtirishning boshqa usullari qollaniladi. Ozbekistonda 42 ta naslchilik zavodi bolib, 17 tasi qoramolchilik, 18 tasi qorakolchilik, 2 tasi qoychilik, 3 tasi yilqichilik, 1 ta echkichilik va 2 tasi chochqachilik bilan shugullanadi 2002. Naslchilik zavodlarida yetishtirilgan, ostirilgan yosh mollar oz podalarini hamda boshqa naslchilik xojaliklarining podalarini toldirib boradi, eng sermahsul sigirlardan olingan buqachalar bilan naslchilik korxonalarini taminlaydi. OzRda naslchilikni rivojlantirishda muhim ishlarni amalga oshirgan xojaliklar kop. Xususan, Andijon viloyati Qorgontepa tumani "Savay" D.n.z. 1929 y.da tashkil etilgan. 1970-y.larda xojalikda Avstriya, Rossiyaning Smolensk viloyatidan keltirilgan shvits zotli gunajinlarni mahalliy zebusimon mollari bilan chatishtirish natijasida ularning yangi qongir tipi chiqarildi. Xojalikda kop yillik tajribalar natijasida sermahsul sigirlarning 28 oilasi yaratilgan. Respublikada turli viloyatlarda joylashgan qoramolchilik D.n.z.da qora-ola, shvits, qizil chol, bushuyev zotlari urchitilmoqda. Ularda takomillashtirilayotgan 12 ming boshdan ortiq zotli qoramol bor 2002.

Izatulla Eshmatov.