ⓘ Davlat sotsializmi - 1 sotsializmga burjua davlatining ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari orqali erishish mumkinligini targib etuvchi reformistik nazariya. 2 Sobiq so ..

                                     

ⓘ Davlat sotsializmi

Davlat sotsializmi - 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari orqali erishish mumkinligini targib etuvchi reformistik nazariya. 2) Sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bolgan sotsializm. D.s. nazariyasi 19-asr ning 2-yarmida Germaniyada tarqaldi. Uning asoschisi nemis iqtisodchisi K. I. RodbertusYagetsov bolib, uning qarashlariga kora, insoniyat jamiyati kommunizm sari rivojlanib, oz yolida davlatning rivojlanish bosqichlari va mulkchilik shakllari bilan belgilanadigan 3 davr ni bosib otadi. "Antik davr" negizini odamga mulkchilik, "feodalizm va kapitalizm" davrini yerga va kapitalga mulkchilik, "kommunizm"ni mehnatga va ish haqiga mulkchilik belgilaydi. U davlatni jamiyatning "kommunizm"ga evolyusion otishini harakatlantiruvchi kuchi bolgan ideal tashkilot tarzida talqin qiladi. G. Shmoller, L. Brentano, A. Vagner, V. Zombart va b. ham D.s. goyalarini targib etganlar. D.s. asoschilari sotsializm deganda i.ch. vositalari va iqtisodiyotning islohotlar yoli bilan davlatlashtirilishini tushunar edilar. Shu sababdan ular 1873 y.dagi iqtisodiy tanglik davrida Prussiya t.y. kompaniyalarini halokatdan kutqarib qolish uchun uning davlat ixtiyoriga olinishi, boj tarifi ornatilishi, tamaki monopoliyasi, spirtli ichimliklarga soliq, bazi liberal islohotlarni sotsializmning amalga oshirilishi deb talqin qilgan. D.s. nazariyasiga inqilobiy sotsializm nazariyasi asoschilari K. Marks va F. Engels qarshi chiqib, sotsializm faqat sotsialistik inqilob, ishchilar sinfi hokimiyatining ornatilishi va i.ch. vositalarining deyarli hammasini sotsialistik mulkka aylantirish natijasidagina amalga oshirilishi mumkin degan goyani ilgari surganlar. Biroq Rossiyadagi Oktyabr tontarishi bilan boshlangan va 1917 - 91 y.larda otkazilgan sotsialistik eksperiment Marks goyalari asosida yarimyorti shakllangan sotsialistik tuzum, oz mohiyati va tabiatiga kora haqiqatdan adolatli demokratik jamiyat bolmasdan, amalda D.sdan iborat ekanini korsatdi. Sobiq Ittifokdagi sovet sotsializmi ham, undan nusxa olgan boshqa mamlakatlardagi sotsializm ham haddan tashqari markazlashtirilgan boshqarishga asoslangan sotsializm edi. Mas, Ittifokda i.ch. vositalarining 90% dan ortigi davlat mulki edi. Shuning uchun u ham haqiqiy demokratik erkin jamiyat bola olmadi va pirovardida inqirozga uchradi. Hoz. paytda mavjud sotsialistik mamlakatlar da keng kolamli demokratik islohotlar otkazilmoqda. Garb mamlakatlaridagi sotsialistik va kommunistik partiyalar, ishchilar partiyalari sotsialistik mafkuraning kopgina tamoyillaridan voz kechdilar, i.ch. vositalarining mutlaq kopchiligini markazlashtirish va davlatlashtirish kabi goyalar bugungi kunda uz jozibasini butunlay yoqotdi. Chunki bunday D.s. hayot sinovidan ota olmadi, lekin demokratik sotsializm goyalari hali ham uchrab turadi. Kapitalizm ham ozini tolaqonli demokratik va odil jamiyat sifatida namoyish eta olmaganligi sababli, turli mamlakatlar da yangi sivilizatsiyaga, ijtimoiy-insoniy tuzumga otish - umumdemokratik adolatli jamiyat qurish, uning boshqariladigan, ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish goyasi vujudga keldi va uni hayotga joriy etish boyicha samarali ishlar qilinmoqda, demokratik va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson manfaatlari ustun bolgan, barcha kishilar uchun munosib insoniy hayot taminlanadigan erkin jamiyat qurish yolidan borilmoqda.

Erlis Aliqulov.