ⓘ Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mu ..

                                     

ⓘ Davlat tasarrufidan chiqarish

Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masuliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bolmagan boshqa korxonalarga aylantirish. Mulkni D.t.ch. davlat korxonasi asosida xususiy va aralash mulk shakllarini vujudga keltirishda namoyon boladi.

SSSR parchalanganidan keyin Sharqiy Yevropa va MDH davlatlarida bozor iqtisodiyotiga otishda D.t.ch. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bosh yonalish sifatida tanlandi. Ozbekistonda mulkni D.t.ch. iqtisodiy islohotlar borasidagi dastlabki qadamlardan biri boldi. Samarali, ijtimoiy yonalishga ega bolgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida davlat mulkini D.t.ch.ning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilab berildi va ular OzRning "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish togrisida" 1991 y. 19 noyabr., "Ozbekiston Respublikasidagi korxonalar togrisida"gi 1991 y. 15 fevral qonunlarida va ular asosida chiqarilgan boshqa qonun hujjatlarida oz aksini topdi. Mamlakatdagi mavjud davlat mulki obyektlari toliq yoki qisman davlat tasarrufidan chiqarilishi yoki xususiylashtirilishi mumkin. Ozbekistonda yer, yer osti boyliklari, suv, osimlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, madaniyat boyliklari, tarixiy yodgorliklar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi. Davlat oz tasarrufidan chiqargan xojalik subyektlari faoliyatiga aralashmaydi va mulkchilik shakllaridan qati nazar ularga xojalik faoliyati olib borish uchun teng ququqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib beradi qarang Davlat mulkini xususiylashtirish. Korxonalar oz faoliyatini va istiqbol rejalarini mustaqil rejalashtiradi, davlat ehtiyojlari uchun shartnoma asosida mahsulot yetkazib beradi.

Abdulla Abduqodirov.