ⓘ Davlat chegarasi - davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan otadigan vertikal sath shu davlatning xavo chegarasi hisobla ..

                                     

ⓘ Davlat chegarasi

Davlat chegarasi - davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan otadigan vertikal sath shu davlatning xavo chegarasi hisoblanadi. Xalqaro xuquqqa binoan qushni davlatlar ortasidagi Davlat chegarasi shartnoma tartibida belgilanadi. Davlat chegarasini belgilash 2 bosqichda amalga oshiriladi: chegarani delimitatsiya qilish va chegarani demarkatsiya qilish.

Ozbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilash, ozgartirish, himoya qilish va qoriqlash sohasidagi munosabatlar "Ozbekiston Respublikasining Davlat chegarasi togrisida"gi qonun 1999 yil 20 avg. bilan tartibga solinadi. 2000 yil 1 yanvardan kuchga kirgan ana shu qonunga kura, Davlat chegarasini belgilash va ozgartirish OzRning xalqaro shartnomalariga asosan OzR Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi joylarda anik, korinib turadigan chegara belgilari bilan korsatib qoyiladi. Chegara belgilarining shakllari, olchamlari va ularni ornatish tartibi qonun hujjatlari hamda OzRning xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni otkazish belgilangan otkazish punktlari orqali amalga oshiriladi. Davlat chegarasi orqali otkazish punktlarida chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlarini amalga oshiruvchi hududlar belgilanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoshimcha rejim qoidalari joriy etiladi. Davlat chegarasi rejimini taminlash uchun chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasi belgilanadi. Chegara oldi zonasi - Davlat chegarasiga tutash hududning bir qismi bolib, u Davlat chegarasiga tutash tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi. Chegara oldi mintaqasi - chegara oldi zonasining Davlat chegarasi chizigiga bevosita tutash qismi bolib, u bevosita Davlat chegarasi boylab, uning kuruklik uchastkalarida yoki chegara boyi daryolari, kollari va boshqa suv havzalari qirgogi boylab otkaziladi. Davlat chegarasini himoya qilish va qoriqlash boyicha maxsus vakolatli organ Ozbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qomitadir. Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara nizolarini tartibga solish maqsadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga mazkur qomitaning raisi OzRning chegara vakillarini tayinlaydi.

Shoyenbek Karimboyev.