ⓘ Dangara tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1939 yil 10 fevralda tashkil etilgan. Dangara tumani viloyatning Buvayda, Uchkoprik, Ozbekistan, Furqat tumanlari, ..

                                     

ⓘ Dangara tumani

Dangara tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1939 yil 10 fevralda tashkil etilgan. Dangara tumani viloyatning Buvayda, Uchkoprik, Ozbekistan, Furqat tumanlari, Qoqon sh., Namangan viloyatining Pop tumani, Tojikiston Respublikasining Asht tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0.45 ming km 2. Aholisi 160.9 ming kishi. Dangara tumanida 1 shaharcha, 8 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Dangara shaharchasi.

                                     

1. Tabiati

Dangara tumani relyefi asosan tekislik. Uning jan garbiy qismi Sox yoyilmasining shim garbiy chekkasida, shimoli-garbiy qismi esa Sirdaryoning birinchi va ikkinchi terrasalarida joylashgan. Tortlamchi davrning gil, qumoq va qumlari tarqalgan. Tumanning shim garbida barxan, dong qumlar bor. Iqlimi kontinental iqlim. Yozi issiq, qishi birmuncha yumshoq. Iyulning ortacha tempaturasi 26.8°, yanvarniki - 2.2°. Vegetatsiya davri 220 kun. Yiliga ortacha 110 mm yogin tushadi. Bahor va kuzda kuchli "Qoqon shamoli" esadi. Dangara tumanida Naymansoy, Oqtepasoy, Urganji ariqlari bor. Tuman hududidan Sirdaryo oqib otadi. Sirdaryo suvi Abdusamat va Olhamak nasos stansiyalari orqali chiqariladi. Artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan ham foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugoriladigan otloq, qumli otloq va shorxoklardan iborat. Yovvoyi osimliklardan qumliklarda saksovul, qandim, yulgun, pastqamliklarda yantoq, shuvoq, oqbosh, shorxoklarda qorabaroq, baliqkoz, torgayot, Sirdaryo sohillarida turangil, tol, chingil va b. osadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabori, tulki, bori, toqay mushugi, kemiruvchilar, qushlardan chumchuq, hind maynasi, torgay, ordak, qashqaldoq, qirgovul va b. yashaydi.

                                     

2. Aholisi

Aholi soni 160.9 ming kishi2016. Aholisi, asosan ozbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. 1 km 2 ga ortacha 374a kishi togri keladi. Aholining 76% dan koprogi qishloqlarda istiqomat qiladi.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Xojaligi, asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Pillachilik, gallachilik, bogdorchilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik rivojlangan. Qishloq xojaligida foydalaniladigan yerlar mayd. 32.5 ming ga. Dangara tumanidagi jamoa va shaxsiy xojaliklarda 13 ming qoramol, 16 ming qoy-echki, 15 ming parranda boqiladi. 6 sanoat korxonasi, 10 qurilish-tamirlash tashkiloti, 2 avtokorxona, 9 savdo va tayyorlov shoxobchasi, bordoqichilik bazalari, ormon va baliqchilik xojaliklari mavjud. 1997 yilda Soyshildir tikuvchilik fabrikasi, Dangara konserva zavodi ishga tushirildi. 330 dan ortiq kichik korxonada turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Dangara tumanida 1 jamoa xojaligi, 5 shirkat mavjud.

Dangara tumanidan Toshkent - Osh - Qashqar, Qoqon - Xojand, Qoqon - Namangan, Qoqon - Jomashuy avtomobil yollari otgan. 40 ga yaqin umumiy talim maktabi, 2 kollej bor. Dangara tumanida 6 madaniyat saroyi, 53 kutubxona, 67 sogliqni saqlash muassasasi, 6 kasalxona mavjud. 1941 yildan "Galaba" tuman gazeta chiqadi adadi 5496.