ⓘ Daosizm - 1 qad. xitoy falsafasidagi yonalishlardan biri; dao haqidagi talimot. Miloddan avvalgi 6 - 5-asr larda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, ..

                                     

ⓘ Daosizm

Daosizm - 1) qad. xitoy falsafasidagi yonalishlardan biri; dao haqidagi talimot. Miloddan avvalgi 6 - 5-asr larda vujudga kelgan. Asoschisi Lao-szi hisoblanadi, uning goyalari "Dao de szin" kitobida bayon etilgan. D. vakillari - miloddan avvalgi 4 - 3-asrlarda yashagan Yan Chju, In Ven, Chjuan-szi. D.ga kora, tabiat va inson hayoti "ilohiy samoviy qonun"ga bogliq emas, balki narsalarning tabiiy yoli, qonuni - "dao"ga asoslanadi. Yan Chju fikricha, hayotning tabiiy qonunlari - "dao"ga rioya qilish insonga "oz tabiatini butunlikda saqlab qolishga" imkon beradi. D. dunyodagi hamma narsalarda qaramaqarshiliklar kurashi yotadi, ular ozgarishda, harakatda: "bir xil narsalar ketib, boshqa xil narsalar keladi, bazi narsalar gullaydi, bazilari sonadi", deb hisoblaydi. D. talimotida insonga ozidagi majburiyat va burch kishanlarini uloqtirib tashlab, tabiatga yaqin bolgan hayotga qaytish davati bor.

2) Xitoyda tarqalgan 3 dindan konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda biri. D. falsafiy talimoti asosida paydo bolgan. 1 - 3-asrlarda vujudga kelgan. Chjan Daolin asos solgan 2-asr ning 1-yarmi. D. urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. D. dinida 3 xudo - Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan D. diniy talimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini bolib qolgan. 12-asrga kelib D.ning adabiyotlar toplami - "Dao szan" vujudga keldi. D. boshqa dinlar kabi koplab sektalarga ajralib ketgan. D. kohinlari shaxsning axloqiy oz-ozini takomillashtirish goyasini targib qilib, dindorlarga uzoq umr korishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqa ni oz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugullanadi. Keyinchalik D. Xitoyda ozining ilgarigi mavqeini yoqotib ornini boshqa dinlarga boshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.