ⓘ Darvesh muhammad tarxon - temuriylardan Sulton Ahmad Mirzo ning nufuzli amiri, yirik yer egasi. Orda Bugo Tarxonning ogli. Buxoro hokimi. Argin qabilasidan. Sul ..

                                     

ⓘ Darvesh Muhammad tarxon

Darvesh muhammad tarxon - temuriylardan Sulton Ahmad Mirzo ning nufuzli amiri, yirik yer egasi. Orda Bugo Tarxonning ogli. Buxoro hokimi. Argin qabilasidan. Sulton Ahmad Mirzo va Sulton Mahmud Mirzoning togasi bolgan. Alisher Navoiy Samarqandda tahsil olayotgan paytda D.M.T. unga homiylik qilgan. Samarqand yonida D.M.T. ning chorbogi bolgan. Bobur va Binoiy bergan malumotlarga kora, tarixchi Muhammad Solih 15-asr 90-y.lari ortalarida D.M.T. xizmatida bolgan. Sulton Ahmad Mirzo vafoti dan song D.M.T. Boysungur Mirzo bilan Sulton Ali Mirzo ortasidagi taxt uchun kurashda ishtirok etib, Boysungur Mirzo tomonidan asir olinib, qatl etilgan. Bobur "Boburnoma"la D.M.T. haqida "Mirzo qoshida barcha beklardin ulugroq va motabarroq bu erdi. Musulmon, odmi va darveshvash kishi erdi. Hamisha mushaf kitobat qilur erdi. Shatranjni biser oynar edi, yaxshi oynar edi. Qush ilmini xob bilur edi, qushni xob solur edi", deb yozadi.